Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YouTube «kommentlar»ni pauzaga qo‘yish imkoniyatini joriy qildi
Endi izohlarni «Yoqish», «O‘chirish» va «To‘xtatib turish» mumkin.
Foto: Global Look Press
YouTube foydalanuvchilarga o‘z videolariga izoh qoldirishni vaqtincha to‘xtatib turish imkonini beruvchi yangilanishni chiqardi. Kompaniyaning fikricha, bu blogerlarga kontent ustidan ko‘proq nazorat o‘rnatish va sharhlarni moderatsiya qilishga kamroq chalg‘ish imkonini beradi.
O‘zgarishdan oldin YouTube foydalanuvchilari sharhlarni saqlab qo‘yishi va e’lon qilishdan oldin tekshirishi yoki sharhlar bo‘limini butunlay yopib qo‘yishi mumkin edi. Shuningdek, izohlarni avtomatik ravishda e’lon qilish ham mumkin edi.
Yangilanishda ba’zi funksiyalar nomi o‘zgartirildi: «Nazoratni kuchaytirish» va «Ehtimoliy nomaqbul izohlarni ko‘rib chiqish uchun qoldirish» kabi variantlar endi yo‘q. Hozir quyidagi variantlar mavjud: «Yoqish», «O‘chirish» va «To‘xtatib turish».

«Yoqish» opsiyasi moderatsiya darajalariga ega: «Yo‘q» (barcha kiruvchi sharhlar e’lon qilinadi), «Asosiy» (faqat maqbul sharhlar qoldiriladi) va «Hammasini saqlash» (barcha sharhlar qo‘lda moderatsiya qilinadi).
Avvalroq YouTube yangi funksiyani sinovdan o‘tkazishni boshlagandi, uning yordamida foydalanuvchilar videoni tomosha qilish va «layk» hisoblagichining yangilanishini real vaqt rejimida kuzatishi mumkin.
Platforma shuningdek, kanal sahifalariga «Siz uchun» bo‘limini qo‘shishni boshladi, unda foydalanuvchiga tavsiya etiladigan videolar ko‘rsatiladi. Funksiya tomoshalar tarixi asosida ishlaydi va TikTok mexanizmlariga o‘xshaydi.
Mavzuga oid
18:08 / 12.03.2026
YouTube siyosatchilar va jurnalistlarni dipfeyklardan himoya qilishni boshlaydi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
23:19 / 16.02.2026
Tojikistonda endi ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun hech kim jazolanmaydi
22:58 / 10.02.2026