08:25 / 13.12.2023
2777

O‘zbekiston va Britaniya ta’lim sohasida hamkorlik qilishni boshlaydi

Birmingem universiteti va O‘zbekistonning tegishli oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida TIVning Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov Birmingem universiteti direktori Alisa Chembers bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi aloqalar faol rivojlanayotganini olqishladilar. Xususan, O‘zbekistonda bir qator Britaniya universitetlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.

Britaniya tomoni o‘tgan davr mobaynida Birmingem universitetini bir qator O‘zbekiston fuqarolari muvaffaqiyatli tamomlab, bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida mehnat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Birmingem universiteti va O‘zbekistonning tegishli oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Top