Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron Toşkentga keldi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Ayni paytda Özbekiston Taşqi işlar vazirligida yuqori martabali mehmonning mamlakat taşqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov bilan muzokarasi boşlandi.

Uçraşuvda mintaqaviy xavfsizlik, ta’lim, iqlim özgarişi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantiriş masalalari muhokama etilmoqda.

Avvalroq Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron Tojikiston, Qirğiziston, Özbekiston, Turkmaniston, Qozoğiston va Möğulistonga safar qilişi, taşriflarda Britaniya bilan savdo, xavfsizlik va atrof-muhit böyiça aloqalarni kengaytiriş maqsadida muzokaralar ötkazilişi xabar berilgandi.

The Independent xabariga köra, Kemeron Markaziy Osiyo «Britaniya duç kelayotgan eng katta muammolarning markazida» ekanligidan ogohlantirib, uning «qiyinçilik bilan erişilgan suverenitetni» qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qator çora-tadbirlarni e’lon qiladi. 

Duşanba kuni Devid Kemeron Duşanbedagi Millat saroyida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uçraşdi.