25 aprel kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov Britaniyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elçisi Timoti Smartni qabul qildi.
Suhbat davomida tomonlar Özbekiston va Britaniya örtasida hamkorlikning ustuvor yönalişlaridan biri bu ta’lim ekanini qayd etib, ikki mamlakat örtasidagi aloqalarni yanada kengaytiriş, şu jumladan, Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeronning Toşkentga kuni keça bölib ötgan taşrifi doirasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça fikr almaşildi.
Şuningdek, Özbekistonning professional ta’lim muassasalari bitiruvçilarini Britaniyaga işga yuboriş uçun maqsadli tayyorlaş muhokama qilindi. Elçi joriy yildan boşlab Britaniyaning Chevening ta’lim grantlari sonini Özbekiston uçun ikki barobarga oşirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qildi.
Uçraşuv yakunida Britaniya kengaşi bilan OTMda ta’lim sifatini oşiriş va samarali boşqaruv tizimini şakllantiriş böyiça ikkita loyihani davom ettiriş, Britaniyaning Pearson ta’lim dasturini Özbekistonda joriy qiliş, professional va oliy ta’lim muassasalari bitiruvçilarini Britaniyaga işga yuboriş uçun maqsadli tayyorlaş yuzasidan Britaniya tomonidan iş beruvçilar bilan aloqalarni yölga qöyiş masalalari böyiça kelişuvlarga erişildi.













