Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy oshxonalar reytingida 76-o‘rinda qayd etildi
Mijozlar o‘zbek oshxonasining lag‘mon, palov, obi non va manti kabi taomlariga yuqori baho berishgan.
TasteAtlas portali dunyoning 100 ta eng yaxshi oshxonalari navbatdagi reytingini e’lon qildi.
U mijozlar tomonidan qoldirilgan 395 mingdan ortiq taomlar reytingi va 115 mingdan ortiq oziq-ovqat reytingi asosida tuzilgan.
Birinchi o‘rinni Italiya milliy oshxonasi egalladi. Mijozlar uning pitssa, rizotto, talyatelle, pasta va ravioli kabi taomlariga yuqori baho berishgan.
Ikkinchi o‘rinni sushi, ramen, sashimi, yakitori va mochi kabi taomlari bilan Yaponiya oshxonasi egalladi.
Uchinchi o‘rinda giros, suvlaki, mussaka, yunoncha salat va pastitsio kabi taomlari bilan Gretsiya qayd etildi.
O‘zbekiston oshxonasi reytingda 76-o‘rinni egalladi. Mijozlar lag‘mon, palov, obi non va mantiga yuqori baho berishgan.
Rossiya oshxonasi reytingda 41-o‘rinda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 90-o‘rinda, Qirg‘iziston 92-o‘rinda qayd etilgan. Tojikiston va Turkmaniston reytingga kirmagan.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026