Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Uy pechining dudburoni nostandart tarzda tashqariga yo‘naltirilgani oqibatida gaz to‘liq yonmasdan, is gazi nazoratsiz tarqalishiga sababchi bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida er-xotin va ularning ikki nafar qizi is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Qayd qilinishicha, hodisa 15 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Er-xotin hamda ularning voyaga yetmagan ikki nafar qizi yashash xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Ta’kidlanishicha, marhumlar istiqomat qilgan xonadonning yotoqxona va yuvinish xonasi qo‘lbola usulda temirdan yasalgan pech bilan isitilgan, eshik va deraza romlari alyuminiy profildan ishlangan.
Yong‘inga qarshi kurash jamiyati tuman hududiy bo‘limi texnik xavfsizligi muhandisining xulosasiga ko‘ra, pechning dudburoni nostandart holatda tashqariga yo‘naltirilgani oqibatida, gaz to‘liq yonmasdan, is gazi nazoratsiz tarqalishiga sababchi bo‘lgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, odamlarning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish oqibatida yuzaga kelgan. Tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026