Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 7-sinf qiz unashtirilgani haqida xabar tarqaldi, bolalar ombudsmani munosabat bildirdi
Tadbir unashtirish yoki to‘y marosimi emasligi, tug‘ilgan kun ekani aytildi.
Qashqadaryo viloyatida 7-sinf qiz unashtirilgani haqida videolavha tarqaldi. Unda bir ayol yosh qizning bo‘yniga taqinchoq taqqanini ko‘rish mumkin.
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova tomonidan o‘rganish olib borildi. Qayd qilinishicha, voqea Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumanida sodir bo‘lgan.
Qizning ota-onasi videodagi holat aslida farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir ekani to‘g‘risida tushuntirish bergan. Shuningdek, holat to‘y yoki unashtiruv marosimi emasligi, qizini erta turmushga berish niyati yo‘qligi, uni o‘qitish va shifokor qilish niyatida ekanini aytgan.
Bolalar ombudsmanining ta’kidlashicha, bu hududda qizlarning unashtiruv marosimini erta o‘tkazish urf-odati qisman bo‘lsa-da saqlanib qolgan. Shu sababli, ombudsman holat bo‘yicha nazoratni davom ettiradi, bolaning jismonan va ma’nan sog‘lom muhitda parvarish qilinishi, uning ta’lim olish huquqi hamda kelgusida o‘z hayoti bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish huquqi ta’minlanishini kuzatib boradi.
Bolalar ombudsmani qizlarni erta turmushga berish holatlariga mutlaqo murosasiz bo‘lib, shunday fikrda bo‘lgan ota-onalarni nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish uchun qonunan javobgarlik belgilangani haqida ogohlantirgan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026