Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxşilaş, soha va tarmoqlarni raqamlaştiriş yuzasidan videoselektor yiğilişi boşlandi.
Davlat rahbari jahon iqtisodiyoti şiddat bilan özgarib borayotgan şaroitda heç bir sohani raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bölmasligini ta’kidladi.
«Raqamlaştirişdan boş tortayotgan rahbar – korrupsiyani yöq qilişga intilmagan rahbar», – dedi prezident.
Joriy yilning özida mamlakatda:
- ta’lim, bank, moliya, bojxona, qişloq xöjaligi, geologiya, kadastr kabi sohalarni raqamli transformatsiya qiliş doirasida 100 ta dasturiy loyiha işlab çiqildi;
- 500 dan ziyod yangi IT kompaniyalari taşkil etilib, sohaga 475 million dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiya kirib keldi;
- yil yakuni bilan IT xizmatlari hajmi 10 trillion sömga yetişi (2022 yilga nisbatan – 1,5 barobar köp), eksporti esa 300 million dollardan oşişi (2 barobar) kutilmoqda.
«Lekin sohani yanada rivojlantirib, xalqaro darajaga olib çiqiş böyiça qilinadigan işlar hali juda köp», – dedi prezident.

Bu yil IT sohasi eksporti Toşkent viloyatida – 100 mingdan 4,4 million dollarga, Samarqandda – 700 mingdan 3,2 millionga, Andijonda – 60 ming dollardan 2,8 million dollarga oşib, yuqori sur’atlarda ösdi. Surxondaryo ham ilk bor IT xizmatlari eksportini yölga qöyib, 1 million dollardan oşirdi.
Lekin eksport Qoraqalpoğiston, Qaşqadaryo, Namangan va Sirdaryoda 500 ming dollarga ham yetmaydi.
Hududlarda 20 mingdan ortiq yoşlar IT bilan mustaqil şuğullanib, xalqaro onlayn platformalar orqali yaratgan mahsulotini çetga sotyapti.
Masalan, farğonalik yoş dasturçi Brayl alifbosini tarjima qiladigan dastur yaratib, AQŞ, Meksika va Braziliyaga 150 ming dollarga sotgan.

Davlat rahbari 2024 yildan boşlab hududlarda IT xizmatlarini rivojlantiriş uçun qöşimça şaroitlar yaratilişini e’lon qildi. Bunda:
- IT kompaniyalari hududlardagi böş turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylaştiriladi;
- iqtidorli dasturçilarga bir yil içida bölib-bölib tölaş şarti bilan kompyuter va texnikalar beriladi;
- 50 dan ortiq IT mutaxassisini işli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi iş haqi xarajatini 15 foizgaça qismi qoplab beriladi;
- eksportçi korxonalarga çetdan ekspert jalb qiliş, xalqaro konferensiyalarda qatnaşiş xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Bu maqsadlarga kelgusi yilda 65 milliard söm ajratiladi.
Şuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi IT parkni xalqaro miqyosga olib çiqiş uçun kelgusi yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida uning şu’ba korxonalarini oçadi.












