Chexiyadagi universitetda talaba ommaviy qirg‘in uyushtirdi, 11 kishi o‘ldi
Talaba yigit universitet binosiga kirib o‘q uzgani va 10 kishini o‘ldirib, yakunda o‘zi ham halok bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Chexiya poytaxti Praga shahridagi Karlova universiteti binosida ommaviy qirg‘in yuz berdi. Chexiya politsiyasi o‘q uzgan shaxs o‘lganini e’lon qildi. Voqea joyida bir necha halok bo‘lganlar va o‘nlab yaradorlar borligi aytilmoqda.
Qayd qilinishicha, David Kozak ismli talaba universitet binosiga kirib, quroldan o‘q uzishni boshlagan. U 10 kishini otib o‘ldirgani, 20 dan ortig‘ini yaralagani ta’kidlanmoqda.
Otishma boshlangach, universitet binosidan talabalar va o‘qituvchilar tashqariga yugurib chiqqan. Ba’zilari, auditoriyada qolib, eshikni ichkaridan tambalab olishgan.
Bir guruh talabalar universitet tomiga chiqib, yashirinib olish maqsadida karnizlarda o‘tirib olishgan. Ulardan biri karnizdan pastga qulab tushgani va halok bo‘lgani aytilmoqda.
TN telekanali universitet tomi suratini e’lon qildi. Unda qora kiyimdagi erkak ko‘rinadi. Jurnalistlar uni o‘q uzgan yigit ekanini ta’kidlamoqda.
Praga meri Bohuslav Svoboda so‘zlariga ko‘ra, yigit o‘zini tomdan tashlagan va halok bo‘lgan. Amaldor buni «yaxshi natija» deb atadi va barcha voqealarni tahlil qilib, shundan keyingina xulosani jamoatchilikka yetkazish zarurligini aytdi.
Mavzuga oid

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

19:05 / 05.05.2025
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi

13:50 / 05.05.2025
Zelenskiy Chexiyada: Rossiya bilan sulhga istalgan vaqtda erishish mumkin

11:48 / 02.05.2025