Ukraina, Rossiya, AQSh va Buyuk Britaniya qo‘shinlari soni hisoblab ko‘rildi
AQSh qo‘shinlari eng ko‘p sonli, Buyuk Britaniya qo‘shinlari eng kam sonli ekani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Reuters
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina armiyasida 500 mingga yaqin jangchi bor, ulardan 200 mingi faol xizmatda. Bu haqda Independent ma’lumot berdi.
Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, 27 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar frontga safarbar qilinishi mumkin, lekin yosh yigitlar ham ko‘ngilli ravishda jang qilish huquqiga ega. 2022 yil yanvar holatiga ko‘ra, Ukrainaning erkak aholisi 19 millionni tashkil etdi.
Rossiya armiyasi Ukrainanikidan besh baravar ko‘p faol harbiy xizmatchilarga ega: taxminan 1 mln 331 ming shaxsiy tarkib va 250 ming zaxiradagilar. 2021 yil holatiga ko‘ra, Rossiyaning erkak aholisi taxminan 66 millionni tashkil etdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh armiyasida taxminan 1 mln 832 ming harbiy xizmatchi bor. 2022 yil holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda erkaklar soni 165 millionni tashkil etdi.
Indepenpent jurnalistlari hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu qo‘shinlarning 1 million 390 ming nafari muddatli harbiy xizmatchilar, 442 ming nafari esa zaxiradagi harbiylardir.
Hozir Qo‘shma Shtatlarda majburiy harbiy xizmat yo‘q. Ammo 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha erkaklar harbiy xizmatga layoqatli fuqarolarning hisobini yurituvchi Selective Service davlat xizmatida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Bu AQSh Kongressiga urush sodir bo‘lgan taqdirda jangovar yoshdagi barcha erkaklarni aniqlash va harbiy xizmatga chaqirish imkonini beradi.
Qo‘shma Shtatlarda 6 marta safarbarlik e’lon qilingan: AQSh mustaqilligi uchun urushda, fuqarolar urushida, Birinchi jahon urushida, Ikkinchi jahon urushida, Koreya urushida va Viyetnam urushida.
Britaniya armiyasining umumiy quvvati 231 ming kishiga baholanmoqda. Ularning 194 ming nafari faol, 37 ming nafari esa zaxiradagilar. 2021 yil holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 29 million erkak istiqomat qiladi.
Buyuk Britaniyada harbiy safarbarlik faqat ikki marta joriy qilingan: Birinchi va Ikkinchi Jahon urushi davrida. Safarbarlik mos ravishda 4 va 21 yil davom etgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainaga halok bo‘lgan 909 harbiyning jasadi qaytarildi
Jahon | 15:15
-
Surxondaryoda Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 15:12
-
O‘zbekiston elektr taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankidan 100 mln dollar jalb qiladi
O‘zbekiston | 15:00
-
G‘azoliklarni Liviyaga ko‘chirish rejasi, Rossiya–Ukraina muzokaralari va Tartus portini BAAga topshirgan Suriya – kun dayjesti
Jahon | 15:00
Mavzuga oid

15:15
Ukrainaga halok bo‘lgan 909 harbiyning jasadi qaytarildi

14:36
YeI Rossiyaga bir vaqtning o‘zida to‘rtta sanksiya rejimini qo‘llaydi

14:23
AQSh 2025 yil oxirigacha Yevropadan qo‘shinlarini olib chiqishni muhokama qiladi

13:56