Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida bitta zapravka 1,2 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «B.E.G.700» MChJga qarashli AGTKSh tomonidan gazning haqiqiy sarfini kamaytirib ko‘rsatish maqsadida hisobga olish priboriga tashqi ta’sir ko‘rsatgan holda uning sxemalari o‘zgartirilgani ma’lum bo‘lgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur AGTKSh tomonidan davlat manfaatlariga jami 1 milliard 258 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Mavzuga oid
08:40 / 29.11.2025
Energetika sohasida yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlar amalga oshirildi
12:03 / 23.10.2025
Gaz tarmoqlariga «gaz nasosi» o‘rnatish taqiqlanadi: xatarlar haqida ogohlantirish berildi
19:26 / 11.09.2025
Toshkent viloyatida bola o‘g‘irlashga urinish bo‘lgani aytilgan video haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilindi
11:05 / 04.09.2025