O‘zbekiston | 20:08 / 23.12.2023
10755
3 daqiqa o‘qiladi

Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari tasdiqlandi

Prezident farmoni bilan Fanlar akademiyasining 16 nafar haqiqiy a’zosi tasdiqlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Fanlar akademiyasi hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan quyidagilar Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlandi:

Fizika-matematika fanlari bo‘yicha

  • Axmedov Bobomurot Jo‘rayevich - Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti laboratoriya mudiri
  • Abdullayev Fatxulla Xabibullayevich - Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi
  • Roziqov O‘tkir Abdulloyevich - Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori o‘rinbosari

Kimyo fanlari bo‘yicha

  • Tulyaganov Dilshot Ubaydullayevich - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kafedra mudiri
  • Sagdullayev Shomansur Shoxsaidovich - Fanlar akademiyasi S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori
  • Turobjonov Sadritdin Maxamatdinovich - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori
  • Reymov Axmed Mambetkarimovich - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori

Biologiya fanlari bo‘yicha

  • Davronov Qahramon - Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori

Texnika fanlari bo‘yicha

  • Sodiqov Ilxom Ismailovich - Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori

Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha

  • Namozov Shodmon Ergashovich - Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari

Tarix fanlari bo‘yicha

  • Ziyo Azamat Xamid o‘g‘li - Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha

  • Tuxliyev Nurislom - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori

Filologiya fanlari bo‘yicha

  • Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori

Pedagogika fanlari bo‘yicha

  • Ibraimov Xolboy - Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Tibbiyot fanlari bo‘yicha

  • Musabayev Erkin Isaqovich - Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Psixologiya fanlari bo‘yicha

  • Shoumarov G‘ayrat Baxromovich - «Profi universiteti» nodavlat ta’lim tashkiloti rektori.

Mavzuga oid