Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ba’zi dorilarni taqiqladi
Avvalroq, ushbu dorilarni qo‘llash oqibatida dunyo bo‘ylab umumiy hisobda 141 nafar bola vafot etgan edi.
Hindistonning dorilarni nazorat qiluvchi organi 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda shamollashga qarshi ba’zi dorilar kombinatsiyasini qo‘llashni taqiqladi va ushbu taqiq haqida dorilarda belgilab qo‘yishni buyurdi. Bu haqda Reuters yozdi.
Avvalroq, Hindistonda ishlab chiqarilgan yo‘talga qarshi shunday siroplardan dunyo bo‘ylab 141 nafar bola vafot etgan edi.
Regulyatorning ta’kidlashicha, dorilar kombinatsiyasi o‘z ichiga maleat xlorfeniramin va fenilefrinni oladi, aynan ular shamollashga qarshi sirop va tabletkalarni ishlab chiqarishda qo‘llanadi. Endi farmatsevtika kompaniyalari ushbu moddalarga ega dorilarda «4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llamaslik» haqidagi ogohlantirish yozuvlarini joylashtirishi shart.
Hindiston va dunyoda ushbu dorilarni (ayniqsa, mamlakatda ishlab chiqarilgan yo‘talga qarshi siroplarni) qo‘llash bilan bog‘liq bolalar o‘limi 2019 yildan beri kuzatilmoqda. Umumiy hisobda Hindiston, Gambiya, O‘zbekiston va Kamerunda kamida 141 nafar bola ushbu dorilarni qo‘llash oqibatida vafot etgan.
Hindiston iyun oyidan boshlab, eksport qilinadigan yo‘talga qarshi siroplar uchun majburiy sinovlar sonini ko‘paytirdi. Biroq, bu dorilarni ishlab chiqargan mahalliy farmatsevtika kompaniyalari qandaydir qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilganini muntazam ravishda rad qilib kelmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda yo‘tal va shamollash alomatlarini davolash uchun retsepsiz yo‘tal siroplari yoki dori vositalaridan foydalanishni tavsiya etmaydi.
Mavzuga oid
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
13:28 / 27.06.2026
O‘zbekistonda noqonuniy kosmetika preparatlaridan foydalanganlarda og‘ir nojo‘ya reaksiyalar kuzatildi
18:39 / 16.06.2026