O‘zbekiston | 11:13 / 23.12.2023
62674
3 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 25-27 dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 25 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. 27 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 dekabrda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +8...+13 daraja, 26 dekabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, 27 dekabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 dekabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 26 dekabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja; 27 dekabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 dekabrda kechasi +4...+9 daraja, kunduzi +14...+19 daraja; 26 dekabrda kechasi +4...+9 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 27 dekabrda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 dekabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 26 dekabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 27 dekabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 25-26 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi 25 dekabrda +10...+15 daraja; 26-27 dekabrda +8...+13 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26-27 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘ hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1...+6 daraja, kunduzi 25 dekabrda +9...+14 daraja, 26-27 dekabrda +3...+8 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid