NYT: Putin G‘arbga Ukrainada sulh tuzishga tayyorligini bildirmoqda
Rossiya prezidenti o‘t ochishni to‘xtatishga va mojaroni hozirgi chegaralarda «muzlatishga» tayyorligini diplomatik kanallar orqali faol ravishda bildirayotgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Mixail Klimentev / Sputnik / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2023 yil sentabr oyidan boshlab, turli diplomatik kanallar orqali Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorligini bildirmoqda. Bu haqda Amerikaning The New York Times (NYT) nashri Kremlga yaqin bo‘lgan yuqori martabali rossiyalik ikki nafar sobiq amaldor, shuningdek, AQSh va boshqa davlatlar rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Putin vositachilar orqali hozirgi chegaralar doirasida o‘t ochishni to‘xtatishga va jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.
«Ular o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga tayyormiz», deyishmoqda. Ular hozir jang maydonida turgan joyida qolishni istaydi», dedi kuzda Rossiya vakillari bilan uchrashgan yuqori martabali xorijlik amaldor. Rossiyalik sobiq amaldorlardan biri Putin «armiya turgan joyida qolishga haqiqatan ham tayyor»ligini aytdi. «U bir metr ham orqaga chekinishga rozi emas», deb qo‘shimcha qildi manba.
Amerika rasmiylarining ta’kidlashicha, Vladimir Putin 2022 yil kuzida ham Ukraina qo‘shinlari Xarkiv va Xerson viloyatidagi hududlarni ozod qilgan paytda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha xuddi shunday taklif bilan chiqqan. Putin «agar Rossiya bosib olingan hududlarni saqlab qolsa», sulh tuzishga tayyorligini ochiq aytgan.
NYT ta’kidlaganidek, Ukraina bu taklifga rozi bo‘ladi deb aytish uchun asos yo‘q, chunki Kiyev avvalroq barcha bosib olingan hududlarni qaytarish niyatida ekanini ochiq bildirgan edi. Amerika rasmiylari fikricha, Putin ularni chalg‘itmoqchi bo‘lishi mumkin. Rossiyaning sobiq rasmiylari, agar rus armiyasi muvaffaqiyat qozonsa, Putin fikrini o‘zgartirishi mumkinligini tan oldi. Iyun oyida Rossiya va Ukrainaga borgan va ismi oshkor etilmagan afrikalik rasmiyning fikricha, Rossiya prezidenti «vaqti kelganda» muzokaralar uchun yaxshi tayyorlangan kanalga ega bo‘lishni xohlaydi.
AQSh rasmiylariga ko‘ra, Putinning taklifi Ukrainani poytaxti Kiyev bo‘lgan suveren davlat sifatida saqlab qoladi, ammo bosib olingan 20 foiz hududi Rossiyaga o‘tadi. Lekin endi ukrainalik taniqli siyosatchilardan hech kim Rossiyaga Ukrainaning shuncha hududini berilishiga olib keladigan kelishuvga rozi bo‘lmaydi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Rossiya bilan muzokaralar masalasi dolzarb emas», dedi. «Ularning ritorikasida biz faqat beadablik va qotillikni ko‘rmoqdamiz», dedi Zelenskiy.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov NYT gazetasiga bergan izohida «konseptual nuqtai nazardan siz taqdim etgan tezislar noto‘g‘ri» dedi. Rossiya hozirgi front chizig‘ida o‘t ochishni to‘xtatishga tayyormi yoki yo‘qmi degan savolga javob berarkan, Peskov Rossiya faqat o‘z maqsadlariga - «denatsifikatsiya», «demilitarizatsiya» va Ukrainaning neytral maqomiga erishilganidan so‘ng urushni to‘xtatishini aytdi.
«Putin haqiqatan ham muzokaralarga tayyor va bu haqda gapirgan. Rossiya ham tayyor, lekin faqat o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida», dedi Peskov.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

21:38 / 13.05.2025
«U men bilan muzokaradan qo‘rqadi» - Zelenskiy Turkiyaga borishi va u yerda Putinni kutishini ma’lum qildi

20:55 / 13.05.2025
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

20:52 / 13.05.2025
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

20:39 / 13.05.2025