Ukrainada harbiy xizmatga chaqiruv elektron xabarnoma orqali amalga oshiriladi
Mudofaa vazirligi jarayon uchun texnik yechimlar ustida ishlamoqda.

Foto: AP
Ukraina Mudofaa vazirligi harbiy xizmatga chaqiruvni elektron xabarnoma yuborish orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mudofaa vaziri Rustem Umerov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday taklifnomalarni xorijda yashovchi Ukraina fuqarolari ham oladi. Mudofaa vazirligi jarayonni «madaniyroq» qilish uchun texnik yechimlar ustida ishlamoqda.
Umerov harbiylar elektron taklifnomalarni qanday yuborishiga aniqlik kiritmadi - «Diya» davlat xizmatlari portali orqali, elektron pochta yoki boshqa vositalar orqali.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Qurolli kuchlar Bosh shtabi yaqin vaqt ichida 450-500 ming kishini safarbar qilmoqchi ekanini, biroq bu borada yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini aytgandi.
22 dekabr kuni Oliy Rada xorijga chiqib ketgan ukrainaliklarni safarbar qilishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid

14:52
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi

14:35
Sumi viloyati chegara hududlaridan aholining 60 foizi evakuatsiya qilindi

20:43 / 20.05.2025
Zelenskiyning Trampni og‘dirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV

15:21 / 20.05.2025