O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin va nam havo kirib keladi
“O‘zgidromet” 26-29 dekabr kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz
Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunning ikkinchi yarmida havo +18...+23 darajagacha ko‘tariladi. Bu dekabr oyining oxirgi haftasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 10-12 darajaga yuqoridir.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat +8...+13 darajagacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
26-27 dekabr kunlari nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 26 dekabrda respublikaning barcha viloyatlari bo‘yicha, 27 dekabrda markaziy viloyatlar va Farg‘ona vodiysi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Havo harorati kechalari +2...+7 darajagacha, kunduz kunlari +8...+13 darajagacha, shimolda kechalari -0...-5 darajagacha, kunduz kunlari +3...+8 darajagacha pasayadi.
28 dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi va harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda, 29 dekabr kuni esa sovuq havoning yana bir qismi respublika hududiga kirib keladi. Respublikaning barcha viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi va harorat kunduz kuni +5...+10 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi.
Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Poytaxtda 25 va 28 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26-27 va 29 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Bugun kunduzi harorat +21...+23 daraja bo‘ladi. 26-27 dekabrda harorat kechalari +3...+6 darajagacha, kunduz kunlari +8...+11 darajagacha pasayadi. 28 dekabrda kunduzi harorat +13...+16 darajagacha ko‘tariladi. 29 dekabrda harorat +5...+8 darajagacha pasayadi.
26-27 va 29 dekabr kunlari shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Istanbuldagi Ukraina-Rossiya muzokaralarida ishtirok etishi mumkin
Jahon | 09:12
-
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
Jahon | 08:40
-
O‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston | 08:20
-
Firibgarlar qanday qilib bank kartasidagi pullarni o‘marmoqda?
Jamiyat | 07:46
Mavzuga oid

11:50 / 12.05.2025
Hafta davomida havo harorati ko‘tariladi

21:59 / 10.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

16:31 / 08.05.2025
Hafta oxirida qanday ob-havo kutilmoqda?

16:27 / 07.05.2025