Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasi Markaziy Osiyoda eng qimmat tarkibga ega ekani ma’lum bo‘ldi
Ammo Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi Qozog‘iston milliy jamoasi tarkibida.
Futbolchilarning transfer qiymatini hisoblashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Markaziy Osiyo milliy futbol jamoalarining umumiy qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibi 32,5 mln yevroga teng va bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkich.
O‘zbekiston milliy jamoasining eng qimmat futbolchisi Italiyaning «Kalyari» klubida to‘p tepayotgan Eldor Shomurodov bo‘lib turibdi. 28 yoshli hujumchi 5 mln yevroga baholangan. Rossiyaning TsSKA klubi yarimhimoyachisi, 20 yoshli Abbosbek Fayzullayev 4 mln yevroga, «Shabab al-Ahliy» (BAA) yarimhimoyachisi, 25 yoshli Aziz G‘aniyev 3 mln yevroga baholangan.
Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston milliy jamoasi egallagan – 21,6 mln yevro. Turkiyaning «Beshiktosh» klubida to‘p tepayotgan 25 yoshli himoyachi Baxtiyor Zaynutdinov Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi. Uning transfer qiymati 6 mln yevroga baholangan. Keyingi o‘rinlarda: Nurali Alip (himoyachi, 24 yosh) - 3 mln yevro, Aleksandr Zuyev (himoyachi, 27 yosh) - 900 ming yevro.
Markaziy Osiyodagi boshqa milliy jamoalar qiymati quyidagicha:
3. Tojikiston – 7 mln yevro. Eng qimmat futbolchilari: Rustam Yatimov (darvozabon, 25 yosh) - 900 ming yevro, Alisher Jalilov (yarimhimoyachi, 30 yosh) - 700 ming yevro, Zoir Jo‘raboyev (himoyachi, 25 yosh) - 600 ming yevro.
4. Qirg‘iziston – 5,9 mln yevro. Eng qimmat futbolchilari: Guljigit Aliqulov (himoyachi, 23 yosh) - 550 ming yevro, Alimardon Shukurov (yarimhimoyachi, 24 yosh) - 450 ming yevro, Tamirlan Qo‘zuboyev (yarimhimoyachi, 24 yosh) - 400 ming yevro.
5. Turkmaniston - 3,3 mln yevro. Eng qimmat futbolchilari: Ruslan Mingazov (himoyachi, 32 yosh) - 550 ming yevro, Teymur Choriyev (himoyachi, 23 yosh) - 250 ming yevro, Arslonmurod Amanov (himoyachi, 33 yosh) - 200 ming yevro.
Mavzuga oid
21:55 / 25.02.2026
Afrika futbolida katta mojaro: O‘zbekistonning JCh-2026 guruh bosqichidagi ehtimoliy raqibi o‘zgarishi mumkin
17:41 / 23.02.2026
Toshkentdagi FIFA Series 2026 futbol turniri taqvimi e’lon qilindi
21:35 / 18.02.2026
«Qizilqum U19» futbol klubi bosh murabbiyi pora olayotganda ushlandi
20:06 / 26.01.2026