“Nafas yo‘llarining surunkali kasalliklari va allergiya sababchisi”. Ekspert – PM2.5 zarralari haqida
Toshkent havosi tarkibida PM2.5 dispers zarrachalari me’yoridan bir necha o‘n barobar ko‘payishi tez-tez kuzatilyapti. Sanitariya, gigiyena va kasbiy kasalliklar tadqiqoti instituti katta ilmiy xodimi Aqida Nosirovaning Kun.uz'ga aytishicha, bu holat zarrachalarning to‘qimalarda yig‘ilib qolishi va surunkali nafas yo‘li kasalliklariga olib borishi bilan xavfli.
O‘zbekistonda, ayniqsa Toshkentda havoning ifloslanib borishi so‘nggi 2-3 yil ichida ko‘proq kuzatilyapti. Havo tarkibi tahliliga qaralsa, zaharli havoning asosiy qismi PM2.5 dispers zarrachalari ekani oydinlashadi. Bu zarracha ayrim kunlari poytaxt havosida me’yoridan 40-50 marta ko‘payib ketadi.
PM zarrachalari nima? Aynan PM2,5 nega inson uchun juda xavfli, bu zarracha ko‘p bo‘lgan havodan nafas olish qanday oqibatlarga sabab bo‘ladi? Kun.uz muxbiri bu borada Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiyena va kasbiy kasalliklar ilmiy–tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Aqida Nosirovaga murojaat qildi.
Mutaxassisning ma’lumot berishicha, havo tarkibidagi muallaq zarrachalar asosan sanoat korxonalari, qurilish jarayonlari, avtotransport harakati natijasida hosil bo‘luvchi mayda dispers zarrachalar hisoblanadi. Ular o‘lchamiga qarab, RM10, PM4, RM2,5 va PM1 gacha bo‘ladi. Bular orasida organizm uchun eng zararli diametr bu – PM10 dan pasti hisoblanadi.
“PM10 diametrdagi mayda dispers zarrachalar yuqori nafas yo‘llaridan o‘tib, bronxlargacha yetib boradi. PM2.5 esa bu o‘ta mayda dispersli zarrachalar bo‘lgani uchun bu gaz almashinuvi sabab sodir bo‘ladigan o‘pkadagi alveolalardan qongacha o‘tib, o‘pka va to‘qimalarda yig‘ilishni boshlaydi va modda almashinuviga ta’sir qiladi”, – deydi u.
Aqida Nosirovaga ko‘ra, mayda dispers zarrachalar bu hujayra membranasidan ham o‘tib borgani uchun barcha to‘qimalarda yig‘ilishi va bu surunkali davom etishi oqibatida nafas yo‘llarining surunkali yallig‘lanishi, surunkali allergik kasalliklar, toksikologik kasalliklar, hatto saratongacha sabab bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahri havosi tarkibida PM2.5 dispers zarrachalari 21 dekabr kuni esa 57 barobarga o‘sgani ma’lum bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024