Jahon | 19:50 / 26.12.2023
6831
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada deportatsiya qilinadigan chet elliklarni saqlash muddati cheklandi

Deportatsiya qilinadigan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning vaqtinchalik markazlarda saqlash muddati belgilandi. 

Foto: TASS

Rossiyaning ma’muriy huquqbuzarliklarga oid kodeksi yangi modda bilan to‘ldiriladi. Unga ko‘ra, deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan xorijliklarni maxsus tashkiliy muassasada saqlash muddati belgilanadi.

Jumladan, Rossiyadan chiqarib yuboriladigan xorijliklar vaqtinchalik saqlash markazlarida 90 kundan ortiq ushlab turilishi mumkin emas. Amalda ular deportatsiyani bir necha oylab kutishga majbur bo‘layotgan edi.

Bunda muddat deportatsiya haqidagi sud qarori chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Qayd qilinishicha, ma’muriy jarima yoki sudya tomonidan belgilangan majburiyatning bajarilmasligi deportatsiya uchun to‘sqinlik qila olmaydi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid