Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon prezidentligiga 15 nafar nomzod tasdiqlandi
Navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 2024 yil 7 fevraliga belgilangan.
Foto: Zuma/TASS
26 dekabr kuni Ozarboyjon Markaziy saylov komissiyasi (MSK) yana 8 nafar nomzodni prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqladi.
Xususan, Sarvan Kerimov, Matlab Mutallimli, Abutolib Samedov, Fikret Yusifov, Yusif Bagirzoda, Yunus O‘g‘uz va G‘ulomhusayin Alibeyli nomzodi tasdiqlangan.
Mahalliy matbuotning yozishicha, Sarvan Kerimov oldin ilmiy ish bilan shug‘ullangan. Matlab Mutallimli va Abutolib Samedov parlamentning sobiq deputatlari. Fikret Yusifov bungacha Moliya vazirligini boshqargan, Yusif Bagirzoda sobiq deputat va MSK sobiq a’zosi. Yunus O‘g‘uz «Olaylar» gazetasi bosh muharriri, G‘ulomhusayin Alibeyli parlamentning sobiq deputati.
Shunday qilib, tasdiqlangan nomzodlar soni 15 kishiga yetdi.
19 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi «Yangi Ozarboyjon» partiyasi nomidan amaldagi prezident Ilhom Aliyev nomzodini tasdiqladi.
MSK, shuningdek, Zohid O‘ruj (parlament a’zosi), Fozil Mustafo (deputat, «Buyuk ijod» partiyasi rahbari), Elshod Musayev («Buyuk Ozarboyjon» partiyasi raisi), Qudrat Gasanguliyev («Yaxlit Ozarboyjon» xalq fronti partiyasi raisi) va Rozi Nurallayevni («Milliy front» partiyasi raisi) ham tasdiqlagan edi.
Qonunchilikka ko‘ra, nomzod MSK ro‘yxatidan o‘tishi uchun 60 ta saylov okrugida yashovchi kamida 40 ming nafar saylovchi imzosini taqdim etishi kerak.
Ozarboyjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 2024 yil 7 fevraliga belgilangan.
Mavzuga oid
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:08 / 11.02.2026
Aliyev va Vens strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
09:29 / 23.01.2026