Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL 1/8 finaliga qur’a tashlandi - Benzema Namanganga keladi, «Nasaf» «Al Ayn»ga qarshi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorakfinal bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘arb mintaqasida 8 jamoa, jumladan, O‘zbekistonning ikki klubi «Nasaf» va «Navbahor» ham raqiblarini bilib olishdi. Benzema o‘ynaydigan «Al Ittihod» Namanganga keladigan bo‘ldi.
«Nasaf» (O‘zbekiston) — «Al Ayn» (BAA)
«Al Fayha» (Saudiya Arabistoni) — «An Nasr» (Saudiya Arabistoni)
«Sipohon» (Eron) — «Al Hilol» (Saudiya Arabistoni)
«Navbahor» (O‘zbekiston) — «Al Ittihod» (Saudiya Arabistoni)
1/8 finalning dastlabki bellashuvlari 12-13 fevral kunlari, javob bahslari 19-20 fevralda o‘tkaziladi.
1/4 final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oladi (4-5 mart / 11-12 mart):
«Nasaf»/«Al Ayn» — «Al Fayha»/ «An Nasr»
«Sipohon»/«Al Hilol» — «Navbahor»/«Al Ittihod»
Yarimfinal (16 aprel va 23 aprel)
1-chorakfinal g‘olibi —2-chorakfinal g‘olibi
G‘arb va Sharq mintaqasi vakillari to‘qnash keladigan final bahslari 11 va 25 may kuniga belgilangan.

Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
20:44 / 26.11.2025
OChL-2. «Andijon» beshinchi o‘yinni ham durang bilan yakunladi
20:41 / 24.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi
23:05 / 05.11.2025