Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Yoshlar turizmi haftaligi» o‘tkaziladi
2024 yil 1-10 yanvar kunlari «Yoshlar turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi.
2024 yil 1-10 yanvar, o‘quv ta’tili kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda «Yoshlar turizmi haftaligi» o‘tkaziladi.
Turizm qo‘mitasi haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarga respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishni tavsiya qilgan.
Ushbu haftalik doirasida yoshlar uchun yo‘l va transport xarajatlari, teatr, kinoteatr va konsertlarga kirishda maxsus chegirmalardan foydalanish imkoniyati yaratiladi, muzey va madaniy meros obektlariga kirish esa mutlaqo bepul bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
11:10 / 01.07.2026
O‘zbekiston aholisining 38,5 foizi hali 20 yoshga to‘lmagan
12:54 / 30.06.2026