Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
"O‘zgidromet" O‘zbekiston bo‘yicha 2023 yil 29-31 dekabr va 2024 yil 1-2 yanvar kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi.
Foto: Kun.uz
Bugun, 29 dekabr kuni respublika hududiga sovuq va nam havo kirib kelmoqda. Ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) boshlandi.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, kun davomida havo harorati asta-sekin pasayadi, kunning ikkinchi yarmida esa +0...+5 darajagacha tushadi. Yomg‘ir yog‘ishi davom etadi va respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Ertaga, 30 dekabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi -0...-5 darajagacha, shimolda -6...-9 darajagacha pasayadi, kunduzi +2...+7 daraja atrofida bo‘ladi.
31 dekabr va 1 yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Kechalari sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 1 yanvarga borib +10...+13 darajaga yetadi.
Quruq ob-havo 2 yanvarda ham saqlanib turadi, lekin biroz sovuq havo kirib kelishi hisobiga kunduzgi harorat +6...+9 darajagacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.
Poytaxtda 29 dekabr kuni yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi. Kunning ikkinchi yarmida harorat +0...+2 darajagacha pasayadi.
30-31 dekabr va 1-2 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Harorat 30 dekabrda kechasi -1...-3 daraja, kunduzi +4...+6 daraja, 31 dekabr va 1-2 yanvarda kechalari -3...+2 daraja bo‘ladi, 31 dekabr va 1 yanvarda kunduz kunlari +11...+13 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi, 2 yanvarda +7...+9 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:12 / 26.12.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
16:59 / 22.12.2025
Yangi yil arafasi biroz quruq va iliq o‘tadi
14:58 / 22.12.2025