Ukraina Belgorod shahriga zarba berdi, bu eng kuchli zarba bo‘lgani aytilmoqda
Ukraina ommaviy axborot vositalari buni Rossiya qo‘shinlarining bir kun oldingi yopirilma zarbalariga javob deb atamoqda.

Foto: Rossiya FVV
30 dekabr kuni tushdan keyin Rossiyaning Belgorod shahri markazi o‘qqa tutildi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar urush boshlanganidan beri «eng kuchlisi» bo‘lgan. Mahalliy kanallardan olingan xabarlarga ko‘ra, Belgorod univermagi, «Dinamo» sport majmuasi, Belgorod davlat texnika universiteti binosiga, odamlar bo‘lgan muz maydonchasiga raketa zarbasi berilgan.
Zarbalar oqibatida halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasman 14 kishi halok bo‘lgani, ulardan ikki nafari bola ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, 108 nafar kishi yaralangan (ulardan 15 nafari bola).
Shaharda raketa zarbasi haqida ogohlantirish sirenasi yangragan va barcha aholi boshpanalarga borishga chaqirilgan. Taxminan bir soat o‘tgach, ogohlantirish bekor qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi zarba haqida ogohlantirib, gaz va suv jo‘mragini yopish, zarur bo‘lgan narsalarni olish va boshpanalarga borishni talab qilgan. Ammo aholining aytishicha, ko‘plab boshpanalar muhrlab, qulflab qo‘yilgani sababli, shaharliklar ulardan foydalana olmagan.
Qayd qilinishicha, zarbadan keyin shahar markazidagi ko‘plab yo‘llar to‘sib qo‘yilgan. Shaharda vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida ma’lumot olish uchun ishonch telefoni ishga tushirilgan. Ma’muriyat zarba oqibatlarini bartaraf etish uchun favqulodda holat joriy etmoqchi ekani aytilmoqda.
Ukraina ommaviy axborot vositalari xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib, hujum Ukraina shaharlarining o‘qqa tutilishiga javob deb atamoqda. Belgorodga hujum Ukrainaning «xavfsizlik va mudofaa kuchlari» tomonidan amalga oshirilgani, bu yaqinda «Dnepr, Xarkiv, Odessaning vahshiyona o‘qqa tutilishi va tinch aholining o‘ldirilishi»ga qarshi chora ekani, Ukraina shaharlariga qilingan hujumlarga javob bo‘lgani aytilmoqda.
Ba’zi manbalar zarbalarning Belgoroddagi «harbiy nishonlarga» berilganini ta’kidlagan. «Belgoroddagi fuqarolik infratuzilmasiga berilgan zarbalar Rossiya havo mudofaasining noprofessional harakatlari, shuningdek, ataylab va rejalashtirilgan provokatsiyalar natijasidir», degan «Ukrainskaya pravda» manbasi.
Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Belgorodga hujum qilish orqali Ukraina Qurolli kuchlari «e’tiborni frontdagi mag‘lubiyatlardan chalg‘itishga», shuningdek, «bizni ham shunday harakatlarga undashga» urinmoqda. Departament rossiyalik harbiylar har doim «faqat harbiy obektlar va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan infratuzilmaga zarba berishini» yana bir bor takrorladi. Mudofaa vazirligi zarbalar «Olxa» va «Vampire» raketalari bilan berilgani, ularning aksariyati urib tushirilganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarga qaraganda, Belgorodda og‘irligi 50-100 kilogramm bo‘lgan o‘q-dorilar portlagan. Ulardan biriga asoslanib, raketalarning kelish yo‘nalishi janubdan, Ukraina chegarasi tomondan ekanini taxmin qilish mumkin. Yana bir qancha videolardan ko‘rinib turibdiki, shaharda portlagan o‘q-dorilarning bir qismi jarohat yetkazuvchi elementlar bilan jihozlangan. Bu Rossiya havo mudofaasining raketalari yoki Ukraina raketalari ham bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi
O‘zbekiston | 16:22
-
Amnesty International Rossiyada «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi
Jahon | 15:30
-
Fransiyada kriptobiznesmenlarga hujumlar seriyasi kuzatilmoqda
Jahon | 15:28
-
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
Jahon | 15:21
Mavzuga oid

15:30
Amnesty International Rossiyada «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi

15:21
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi

14:24
VsIOM: Rossiyaliklar Ukraina va AQShni o‘zlarining asosiy dushmani deb hisoblashmayapti

11:46