Yangi yildan skuterlar avtoraqam taqadi va haydovchilik guvohnomasi bilan haydaladi
1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda moped, skuter va shunga o‘xshash elektr bilan harakatlanuvchi transport vositalarini boshqarish uchun “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi.

Foto: OLX
Yangi talab jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan, so‘ngra imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»ga qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlagan qarorga ko‘ra, shuningdek, 2024 yil 1 yanvardan boshlab DYHXX organlarida dvigateli 25 va undan ortiq sm kub ish hajmiga ega bo‘lgan yoki konstruksiyaviy tezligi soatiga 25 va undan ortiq kilometr bo‘lgan avtomototransport vositalari, elektrodvigatelining quvvati 0,25 KW va undan ortiq yoki soatiga 25 kilometr va undan yuqori tezlikka ega bo‘lgan elektromobillar (elektromototsikllar, elektroskuterlar va boshqalar), shuningdek, tirkama va yarim tirkamalar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan transport vositalarini boshqarish faqat tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Qarorda samokat va elektrosamokat va sh.k. individual harakatlanish vositalarini boshqaradigan shaxslarga ham ma’lum talablar qo‘yilmoqda.
Jumladan, IHV boshqarayotgan shaxslar trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalaridan soatiga 6 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda, ular bo‘lmaganda esa yo‘lning o‘ng chetki qismida soatiga 20 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda harakatlanishi belgilanmoqda;
Avvalroq skuterlarga qo‘yilayotgan talab O‘zbekistonda ham ratifikatsiya qilingan xalqaro Vena konvensiyasiga zid ekanligi haqida maqola e’lon qilingan edi.
Mavzuga oid

11:41 / 16.04.2025
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi

13:45 / 13.02.2025
2024 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

09:32 / 25.12.2024