2024 yil insoniyat tarixidagi eng yirik saylovlar yili bo‘ladi
Dunyoning 60 ta davlatida saylov bo‘lib o‘tadi, ularda 4,2 milliard kishi ishtirok etishi mumkin.

Foto: Getty Images
2024 yilda dunyoning 60 ta davlatida saylov bo‘lib o‘tadi, 4,2 milliard kishi yoki butun dunyo aholisining qariyb 50 foizi mintaqaviy saylovlarda ishtirok etishi mumkin, prezident va parlament a’zolarini saylaydi.
Tarixdagi eng yirik saylovlar yili global keskinlikni oshiradi, deb yozdi Britaniyaning The Economist jurnali.
Saylov bo‘lib o‘tadigan davlatlar orasida AQSh, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Bangladesh, Meksika va Afrikaning 54 davlatidan 18 tasi bor. Xalqaro munosabatlar uchun birinchi muhim saylov 13 yanvar kuni Tayvanda o‘tkaziladi, unda yangi prezident saylanadi.
Nashrning qayd etishicha, katta ehtimol bilan dunyoning turli burchaklarida o‘tkaziladigan saylovlar «siyosiy institutlar buhroni va geosiyosiy keskinlikning kuchayishiga olib keladi».
Xalqaro munosabatlarga Hindiston va Qo‘shma Shtatlardagi saylovlar ta’sir qilishi mumkin. Hindistonda bosh vazir Modi hozir hokimiyat tepasida, uning partiyasi dekabr oyida to‘rtta yirik shtatda bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovda g‘alaba qozondi. Hozir saylovchilarning aksariyati Modining shu yilning may oyida ham xuddi shunday jiddiy va ishonchli g‘alaba qozonishiga hech narsa to‘sqinlik qilmasligiga ishonadi, chunki Hindiston iqtisodiyoti hozirda ishonchli tarzda rivojlanmoqda.
Qo‘shma Shtatlarda saylov shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi, bir necha kundan keyin praymerizlar boshlanadi, Demokratik va Respublikachilar partiyasida prezidentlikka nomzodlarni ko‘rsatish uchun boshlang‘ich saylov bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy, moliyaviy, siyosiy va diplomatik yordam ko‘rsatadigan asosiy davlatdir. Jo Baydenning pozitsiyasida hamma narsa aniq, ammo Tramp kelsa, tashqi siyosat qarorlari qanday bo‘lishini oldindan aytish qiyin.
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Mariya Ressa 2022 yil oktyabr oyida «2024 yil oxiriga borib, biz demokratiya saqlanib qoladimi yoki o‘ladimi, bilib olamiz», degan edi. Amerikalik milliarder Ilon Mask so‘zlariga ko‘ra, «2024 yil avvalgilaridan ham aqldan ozdiruvchi bo‘ladi».
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokistonga zarba berishni to‘xtatdi – Modi
Jahon | 20:54
-
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 20:51
-
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi
O‘zbekiston | 20:40
-
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
Sport | 20:37
Mavzuga oid

20:54
Hindiston Pokistonga zarba berishni to‘xtatdi – Modi

16:57
Hindiston Pokiston suv oladigan daryolarni ochib yubordi

13:31
Eron va AQSh yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi

13:27