Sog‘liqni saqlash vaziri yana o‘zgardi
So‘nggi bir yil davomida sog‘liqni saqlash vazirligini boshqargan Amrillo Inoyatov lavozimini tark etgan.
Prezident Administratsiyasi xodimi Asilbek Xudayarovga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarib turish vazifasi yuklatildi.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, bu haqdagi qaror Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida «tanqidiy ruhda» o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.
SSV matbuot xizmati bu o‘zgarish yuzasidan rasman xabar berdi.
«Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga ko‘ra Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari Asilbek Anvarovich Xudayarov zimmasiga yuklatildi», deyiladi xabarida.
Asilbek Xudayarov prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimini ham saqlab qoladi.
Asilbek Xudayarov muqaddam sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Keyingi yillarda prezident administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi rahbari sifatida ishlagan, 2023 yil oktyabrida O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligini 2022 yil dekabridan buyon boshqarib kelgan Amrillo Inoyatovning keyingi faoliyati haqida hozircha ma’lumot yo‘q. U shu kunlarda mehnat ta’tiliga chiqqandi.

Ma’lumot uchun, sog‘liqni saqlash vazirligida 2016 yildan buyon oltinchi bor rahbar o‘zgarmoqda. Vazirlikni 2012 yildan boshqargan Anvar Alimov 2016 yil dekabrida ishdan ketgan, uning o‘rniga qaytarilgan Adham Ikromov (u 2009 yil aprelidan 2012 yil avgustiga qadar ham vazir bo‘lgan) bir necha oy ishlagan, 2017 yil fevralida Alisher Shodmonov vazirlikning yangi rahbariga aylangandi.
Tizim koronavirus pandemiyasi davrining asosiy qismini Shodmonov bilan o‘tkazadi, ammo u 2020 yil noyabr oyida ishdan olinadi, uning o‘rniga esa Abduhakim Hojiboyev tayinlanadi. Hojiboyev lavozimda bir yil ishlaydi va 2021 yil noyabrida o‘z o‘rnini Behzod Musayevga bo‘shatib beradi. 2022 yil oxiridagi ma’muriy islohotlar doirasida Musayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga o‘tkaziladi, SSVda vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Amrillo Inoyatov esa uning o‘rnini egallagandi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 21:23
-
RF mudofaa vazirligi «Pasxa sulhi» yakunlanganini e’lon qildi
Jahon | 21:01
-
Rossiya IIV maktablardagi migrant bolalarning ro‘yxatini yuritishni boshlaydi
Jahon | 20:45
-
WP: Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamentini tark etishga tayyorlanmoqda
Jahon | 20:42
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025