Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh O‘zbekistondagi diniy erkinlik holatini ijobiy baholadi – Diniy qo‘mita
Davlat departamenti diniy erkinliklarning jiddiy buzilishiga yo‘l qo‘ygan mamlakatlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni kiritmagani ijobiy hol sifatida baholandi.
AQSh davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinlik borasida ijobiy o‘zgarish qilmagan «Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar» ro‘yxatiga kiritmadi. Bu haqda O‘zbekistonning Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, AQSh davlat departamenti Kongress tomonidan 1998 yilda qabul qilingan «Xalqaro diniy erkinlik» to‘g‘risidagi qonunga dunyo mamlakatlarining qay darajada amal qilib borayotganini monitoring qiladi. Diniy erkinlik borasida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmagan mamlakatlar «Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar» ro‘yxatiga kiritiladi.
Diniy qo‘mitaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston mazkur ro‘yxatdan 2020 yilda chiqarilgan. Shuningdek, 2023 yilgi ro‘yxatga kiritilmagan.
«4 yanvar kuni AQSh Davlat departamenti 2023 yil natijalariga ko‘ra e’lon qilgan rasmiy bayonotida O‘zbekistonning «Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar» ro‘yxatiga kiritilmagani ijobiy hol, albatta», deyiladi qo‘mita bayonotida.
Davlat departamentining 2023 yilgi hisobotida Myanma, Xitoy, Kuba, KXDR, Eritreya, Eron, Nikaragua, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston «diniy erkinlikning o‘ta jiddiy buzilishiga yo‘l qo‘ygani» uchun «alohida tashvishli davlatlar» sifatida baholangan.
Bundan tashqari, Jazoir, Ozarboyjon, Markaziy Afrika Respublikasi, Qamar orollari va Viyetnam diniy erkinliklarning jiddiy buzilishida ishtirok etayotgani uchun «maxsus kuzatuv ro‘yxatiga» kiritilgan.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026