Alaska Airlines samolyoti eshigi parvoz vaqtida uzilib ketdi
Samolyot 5 ming metr balandlikda favqulodda hodisaga duch keldi va yerga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Amerikaning Alaska Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 samolyoti bortidagi bosim pasayib ketgani tufayli favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Samolyot 5 yanvar kuni Portlend shahridan Ontario shahriga uchayotgan edi. Ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, taxminan 5 ming metr balandlikda samolyotning favqulodda chiqish eshigi uzilib ketdi. Oqibatda, bortda bosim pasayib ketdi va ekipaj zudlik bilan ortga qaytishga qaror qildi. Boeing havoga ko‘tarilganidan 35 daqiqa o‘tib, yerga xavfsiz qo‘ngani ta’kidlanmoqda.
Samolyot bortida 171 yo‘lovchi va olti ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning hech biri jabrlanmagan.
Alaska Airlines aviakompaniyasi o‘z parkidagi barcha Boeing-737 samolyotlari parvozini vaqtinchalik to‘xtatilganini e’lon qildi.
Boeing zavodi vakillari hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot to‘planayotgani va tergov bilan hamkorlikka tayyor ekanini ma’lum qilishdi.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024