«Baxti Tashkentskiy» sherigi Turkmanistonda qo‘lga olindi – OAV
Gumondor erkak 7 dekabr kuni Turkmanistonga qochgani, so‘ngra qo‘lga olinib, O‘zbekistonga topshirilgani ta’kidlanmoqda.

«Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning sheriklaridan biri Turkmanistonda qo‘lga olindi. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» xabar berdi.
O‘zbekistonda jinoiy guruhlar a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha ommaviy reydlar 2023 yil dekabr oyida boshlandi. Jumladan, 3 dekabr kuni «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan tanilgan «qonunga bepisand o‘g‘ri» Baxtiyor Qudratullayev va uning jinoiy guruhi a’zolari qo‘lga olindi.
25 dekabr kuni Qudratullayevning o‘g‘li va guruhning yana bir qancha a’zolari, jumladan Nargiza Jumaniyozova ham hibsga olingani ma’lum bo‘ldi.
«Xronika Turkmenistana» xabariga ko‘ra, hibslar boshlanganidan so‘ng, O‘zbekiston maxsus xizmatlari turkmanistonlik hamkasblariga jinoiy guruh a’zolaridan biri 7 dekabr kuni Turkmaniston bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tib, qochishga muvaffaq bo‘lgani haqida tezkor ma’lumot bergan. Qayd qilinishicha, gumondor erkak «Baxti Tashkentskiy» sheriklaridan biri Nargiza Jumaniyozovaning Turkmanistonda yashovchi opasi Bibijon Jumaniyozova uyida ushlangan. U 9 dekabr kuni qo‘lga olingan va «Shovot» chegara punktida O‘zbekistonga topshirilgan. Uning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.
Shu bilan birga, Bibijon Jumaniyozova uyidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 12 quti dori vositalari topilgani, unga nisbatan kontrabanda moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ta’kidlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?
Jahon | 16:31
-
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi
Jahon | 16:02
-
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
O‘zbekiston | 15:35
-
Kolumbiya Panama sobiq prezidentiga boshpana taqdim etdi
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi

18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi

14:31 / 24.04.2025