«Madam Klod» Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan Nilufar Mirxonova bir necha kun oldin Turkiyaning Chanoqqal’a viloyati hududida qo‘lga olingandi.

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi
«Fahsh baronessasi» va «Madam Klod» laqablari bilan tanilgan, O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida qo‘lga olingan o‘zbekistonlik Nilufar Mirxonova deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi», deyiladi xabarda.
O‘zbekiston IIV ma’lumotiga ko‘ra, 1989 yilda tug‘ilgan Nilufar Mirxonova Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «a», «v», «g», «z», «i» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, qidiruvga berilgan edi.
Bundan oldinroq O‘zbekistonning xalqaro qidiruvga berilgan 8 nafar fuqarosi Turkiyada qo‘lga olingani, ular orasida qo‘shmachilikda va odam savdosida ayblangan Nilufar Mirxonova ham borligi xabar qilingandi.
So‘nggi yangiliklar
-
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
O‘zbekiston | 20:56
-
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
Jahon | 20:43
-
Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
O‘zbekiston | 19:47
-
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 19:32
Mavzuga oid

12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi

19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi

21:49 / 25.04.2025
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi

19:32 / 25.04.2025