Sport | 20:33 / 10.01.2024
8807
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik suzuvchi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi 

Yevropa va jahon chempionati sovrindori Ilya Sibirsev sport fuqaroligini o‘zgartirdi. 

Ilya Sibirsev

Rossiyalik suzuvchi Ilya Sibirsev 2024 yildan O‘zbekiston bayrog‘i ostida xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi. 

22 yoshli sportchi O‘zbekiston suzish federatsiyasi tomonidan 2-18 fevral kunlari Qatarda o‘tkaziladigan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxatiga kiritilgan. 

Qayd qilish joiz, 2023 yil noyabr oyida Xalqaro suzish federatsiyasi (World Aquatics) Sibirsevga O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibiga o‘tishga ruxsat bermagan edi. Ammo hozirgi vaqtda u World Aquatics veb-saytida O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan. 

Ilya Sibirsev Qo‘shma Shtatlarda yashaydi va ta’lim oladi. U Rossiya milliy jamoasi tarkibida 2019 yilda o‘smirlar bo‘yicha Yevropa chempioni, shuningdek, jahon chempionatining kumush va bronza medali sovrindori bo‘lgan. 

Mavzuga oid