AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Xenik va USAID (AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi) vakolatxonasi direktori Devid Xofman 2024 yil 10 yanvar kuni jurnalistlar bilan bölib ötgan uçraşuvda Toşkentdagi havo sifati yomonligi haqida qanday fikrda ekani haqidagi savollarga javob bergan.

Gazeta.uz’ning xabar berişiça, Jonatan Xenik va Devid Xofman Toşkent şahridagi ekologik vaziyat haqida söz yuritib, Özbekistonda, jumladan Toşkentda havo musaffoligi uçun barça birday harakat qilişi lozimligini ta’kidlaşgan.

“Havo ifloslanişini har bir inson şaxsiy muammo sifatida qabul qilişi kerak. Çunki bu hammaga – sizga, oilangizga va farzandlaringizga taalluqli. Şu sababli fuqarolar va jamoatçilik hukumatni muammoni örganişga va çora körişga undaşi kerak”, degan AQŞ elçisi.

AQŞ elçixonasi hududidagi havo sifatini monitoring qiluvçi moslama 9 yanvar kuni işlamay qolgandi. Elçi moslama yana işlay boşlaganini ma’lum qilgan.

“Albatta, jihozlarimizga vaqti-vaqti bilan texnik xizmat körsatiş lozim böladi, ba’zida muammolar ham böladi. Ammo biz havo sifatini mustaqil baholaş majburiyatini olganmiz va respublika böylab havo sifatini monitoring qiliş böyiça Özbekiston hukumati, OAV va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikni olqişlaymiz. Havoning ifloslanişi – bu barça hukumatlar uçun jiddiy muammo sanaladi. Bu muammo hukumatning xususiy sektor, fuqarolik jamiyati va OAV bilan hamkorlikdagi izçil harakatini talab qiladigan masala. Öylaymanki, agar biz birgalikda işlasak, kelgusi yillarda havo sifati yaxşilanişini körişimiz mumkin”, degan Jonatan Xenik.

Elçining sözlariga köra, bu bosqiçda eng muhimi, havoni ifloslantiruvçi manbalar nima ekanligi, şuningdek, uşbu muammoni hal qiliş uçun qanday çoralar va sarmoyalar zarurligi haqida tasavvurga ega böliş.

Jonatan Xenik hukumat bu muammoni yolğiz özi hal qila olmaydi, deb hisoblaydi. U muammo yeçimi uçun barça birday kuraşişi lozim deya ta’kidlaydi.

“Men Özbekistonning barça fuqarolarini havoning ifloslanişini şaxsiy muammo sifatida qabul qilişga çaqirgan bölardim. Çunki bu barçaga – sizga, oilangizga, farzandlaringizga tegişli muammo. Şuning uçun biz bu muammo bilan şaxsan qiziqişimiz va hukumatni muammoni örganişga va zarur çoralarni körişga undaşimiz kerak”, degan Jonatan Xenik.

USAID vakolatxonasi rahbari Devid Xofman vaziyatni yaxşilaş uçun hukumat va fuqarolik jamiyatining sa’y-harakatlari zarur degan fikrga qöşilgan.