2026 yilgi jahon çempionatida iştirok etadigan 48 jamoadan hozirça faqat 10 tasining nomi ma’lum. Şundan uçtasi mezbonlar, biri esa Özbekiston.

Özbekiston milliy jamoasi nihoyat, sakkizinçi urinişda işonçli tarzda, muddatidan oldin yöllanmani naqd qildi. Bungaça esa har safar alamli tugagan yettita uriniş bölgandi.

Quyida öşa yillarni yodga olamiz.

JÇ-1998
Boş murabbiylar: Rustam Mirsodiqov/Ubirajara Veyga da Silva
Natija: Ikkinçi bosqiç, guruhda 4-örin

1991 yilda mustaqillikka erişgan Özbekiston 1994 yil AQŞ maydonlarida ötkazilgan jahon çempionati saralaşida iştirok etişga ulgurmagan.

Şu tufayli birinçi uriniş 1998 yil Fransiya mezbonlik qilgan mundial saralaşiga töğri keladi. 1994 yilda Osiyo öyinlari ğolibi bölgan, safida Mirjalol Qosimov, Pavel Bugalo, Igor Şkvirin, Nikolay Şirşov, Şuhrat Maqsudov, Nö’mon Hasanov, Ravşan Bozorov, Oleg Şatskix, Sergey Lebedev, Andrey Fyodorov, Dilmurod Nazarov kabi futbolçilarni jamlagan milliy jamoa öşanda qit’a grandlaridan biri maqomiga da’vo qilardi. 1997 yil mayida boşlangan saralaş bosqiçi avvaliga Özbekiston uçun kötarinki ruhda ötadi. Birinçi bosqiçda Yaman, Indoneziya va Kamboja kabi raqiblarga heç qanday imkoniyat qoldirilmaydi, ayniqsa Kamboja bilan öyinlarning ikkisida ham yirik hisobdagi ğalabalar (6:0, 4:1) qayd etiladi.

Ammo ikkinçi bosqiçda jamoaning haqiqiy darajasi körinib qoladi: Yaponiyaga safarda (3:6), Janubiy Koreyaga uyda (1:5) yirik hisoblarda mağlub bölinadi, BAA ham Toşkentdan ğalaba (2:3) bilan qaytadi. Yakunda 3 öyinda durang öynagan va faqat Qozoğiston bilan uy öyinida ğalabaga erişgan jamoa guruhda törtinçi örinda qolib ketadi.

Holbuki, öşa vaqtlarda Osiyoga JÇ uçun 2,5 ta yöllanma taqdim etilgandi va guruhdagi ikkinçi örin ham yöllanmani kafolatlamasdi. 

JÇ-2002
Boş murabbiylar: Vladimir Salkov, Leonid Ostrouşko
Natija: Ikkinçi bosqiç, guruhda 3-örin