«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Enter Engineering kompaniyasi ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda sud majlislari jadvalida keltirilgan.

Unga köra, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ 2025 yil 24 aprel kuni Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga Enter Engineering kompaniyasi ustidan da’vo arizasi kiritgan. Da’vo arizasi kompaniyaga yetkazib berilgan elektr energiyasi masalasi bilan boğliq.

Işni birinçi instansiyada körib çiqiş 2025 yil 20 iyun kuni Toşkent şahar iqtisodiy sudida sudya Anvar Usmonov raisligida boşlanadi. Kun.uz holatga aniqlik kiritiş maqsadida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJga sörov yubordi.

Sud majlislari jadvaliga köra, 20 iyun kuni Toşkent şahar sudida Enter Engineerinğga nisbatan Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi Suv xöjaligida bozor mexanizmlarini joriy qiliş davlat muassasasi kiritgan ariza ham körib çiqiladi. Da’vo mazmuni – haq evaziga xizmat körsatiş şartnomasi bilan boğliq.

Bundan taşqari, şu kuni va xuddi şu sudda Enter Engineerinğning Boysun gazni qayta işlaş zavodi qurilişiga mas’ul şöbasi “Shahus-Servis” MÇJ tomonidan kiritilgan da’vo arizasi doirasidagi işda javobgar sifatida qatnaşadi. Bu iş hakamlik muhokamasi bilan boğliq.

Enter Engineering kompaniyasi xodimlari iş haqi vaqtida berilmasligi yuzasidan tez-tez şikoyat qilişi ortidan OAV e’tiboriga köp tuşadi.

Avvalroq Çilonzor tuman bandlik bölimi Enter Engineerinğning rossiyalik xodimiga 57 ming dollar oyligini undirib bergandi. 2024 yilning noyabr oyida ham uşbu kompaniyaga bevosita va bilvosita aloqador taşkilot xodimlari Kun.uz'ga murojaat qilib, bir neça oydan beri maoş tölanmayotganini aytişgandi.

Ma’lumot uçun, Enter Engineering 2012 yilda taşkil etilgan bölib, muqaddam “Gazprombank” nazoratida bölgan. Kompaniya neft va gaz, sanoat va fuqarolik obektlarini loyihalaş, yetkazib beriş, quriş va işga tuşiriş böyiça xizmatlar körsatadi.