Xitoyda 50 yil ishlaydigan yadro batareyasi ixtiro qilindi
Batareya 100 mikrovatt elektr energiyasi va 3 V kuchlanishni ishlab chiqarishi mumkin, shuningdek, -60°S dan 120°S gacha bo‘lgan haroratda ishlashga qodir.

Foto: Betavolt
Xitoyning Betavolt startapi BV100 yadro akkumulyatorini taqdim etdi, u 50 yil davomida quvvatlash va texnik xizmat ko‘rsatilmasdan elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin.
Tangadan kichikroq modulda (15x15x5 mm) 63 ta yadro izotopi bor. Batareya 100 mikrovatt elektr energiyasi va 3 V kuchlanishni ishlab chiqarishi mumkin, shuningdek, -60°S dan 120°S gacha bo‘lgan haroratda ishlashga qodir. Ishlab chiqaruvchilar uning mutlaqo xavfsiz ekanini ta’kidlamoqda. Ko‘p qatlamli dizayn yong‘in va tashqi ta’sirlardan portlashni istisno qiladi.
Yadro batareyasi ekologik toza. Parchalanish davridan keyin Nikel-63 atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan misning barqaror izotopiga aylanadi.
Hozir akkumulyator sinovdan o‘tkazilmoqda. Shundan so‘ng startap turli texnologiyalar, jumladan, smartfon va dronlarda foydalanish uchun ommaviy ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda. Shuningdek, batareya aerokosmik, sun’iy intellekt uskunalari, tibbiy asboblar va mikroprotsessorlar uchun ham mos keladi.
Batareyada foydalanilgan texnologiya kosmik kemalar va suv osti tizimlarini qurishda qo‘llaniladi.
BV100 batareyasi narxi e’lon qilinmadi, ammo termoyadro batareyalarini ishlab chiqarish shu paytgacha juda qimmat hisoblangan. Amerika va Yevropa tadqiqot institutlari ham bu yo‘nalishda ish olib bormoqda.
2025 yilga borib Betavolt 1 Vt quvvatga ega akkumulyator chiqarishni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Eron imtiyozli savdo bitimi bo‘yicha tovarlar ro‘yxatini kelishib oldi
Iqtisodiyot | 16:27
-
Kurdiston ishchilar partiyasi tarqatib yuborilganini e’lon qildi
Jahon | 16:12
-
2030 yilgacha 84 mingta avtoturargohlar tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:00
-
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
Iqtisodiyot | 15:58
Mavzuga oid

10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi

09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

20:48 / 16.04.2025
Rossiyada dirijabllar davri qaytgani e’lon qilindi

17:43 / 04.04.2025