Global janub liderlaridan biri Hindiston barqaror ösiş zinasidan töxtamay ildamlayapti. Xöş, Dehlining katta kuç markazlari bilan munosabatlari qanday şakllangan? Hindiston taşqi siyosatida yumşoq kuçning ahamiyati qanday? Hindiston – Markaziy Osiyo munosabatlari qaysi manfaatlarga asoslanadi?
“Geosiyosat” mavzuning şu kabi nuqtalarini siyosiy tahlilçi Nargiza Umarova va şarqşunos tahlilçilar klubi a’zosi Zilola Ahmedova bilan tahlil qildi.
— Ma’lumki, Hindiston iqtisodiy va harbiy salohiyati böyiça dunyoning top beşligidan örin olgan. Hindiston bunday muvaffaqiyatga qanday erişdi?
Nargiza Umarova: — Haqiqatan ham Hindiston qudrati oşib bormoqda, asosan iqtisodiyot va harbiy sohada şunday bölyapti. Bu ham bölsa Hindiston xalqaro maydonda mintaqaviy öyinçidan global öyinçi darajasiga kötarilib borişi bilan boğliq. Ba’zi ekspertlar Hindiston global öyinçi emas, deyişadi, ammo şaxsan men global öyinçi deb öylayman bir neçta parametrlar böyiça.
Harbiy qudrat oşişi iqtisodiyot ösişi bilan boğliq. Hozirgi kunda Hindiston eng köp aholiga ega davlat. Töğri, dunyo iqtisodiyotidagi uluşi AQŞ va Xitoyga nisbatan kam, ammo iqtisodiy ösiş tempi böyiça juda katta körsatkiçga ega. Ötgan yili iqtisodiy ösiş 6 foizdan ortiq bölgan. Agar şu tempda davom etadigan bölsa, yaqin 10 yil içida Hindiston dunyoning uçinçi iqtisodiy qudratiga aylanişi mumkin. 2070–2075-yillarda demografik ösiş yuqorilagan paytda esa dunyoning ikkinçi, hatto birinçi iqtisodiy kuçiga aylanişi mumkin, degan tahlillar mavjud.
Umuman, Hindiston qanday global öyinçi? U dunyoda krizis öçoqlarini yaratadigan öyinçi emas. Ammo iqtisodiy ösiş evaziga harbiy qudrat ham oşib bormoqda, bu normal holat. Ambitsiyalari kuçaygan davlatni tiyib turişga bölgan harakatlar ham böladi, şuning uçun harbiy qudrat xam oşirilmoqda. Ammo Hindiston harbiy texnika va qurol-yaroğlarni mustaqil işlab çiqarayotgani yöq.
Zilola Ahmedova: — Hindiston murakkab mintaqada joylaşgan. Uzoq muddatdan beri davom etayotgan Pokiston bilan nizolar, Xitoy bilan çegaradagi muammolar harbiy sohaga katta e’tibor qaratişga majbur qiladi. Yildan yilga harbiy sohaga köproq mablağ ajratyapti, bu yil ham 13 foizga oşib, 74 mlrd dollar ajratgan. Mudofaa sanoatiga ham e’tibor bölyapti, 18 ta korxona harbiy texnikalar işlab çiqaradi. Bundan taşqari, harbiy salohiyati yuqori davlatlar bilan hamkorlikka ham e’tibor qaratadi, ya’ni Rossiya, AQŞ, Isroil kabi. Yana bir imkoniyat omili demografiya, 2023 yil yanvar holatiga köra, Hindistonda harbiy xizmatga yaroqlilar soni 47 foiz, faol askarlar soni esa 1,5 mln.
Mavzuga oid
— Hindiston taşqi siyosatida “yumşoq kuç”ning ahamiyati qanday? Qolgan davlatlardan qanday öziga xos xususiyati bilan ajralib turadi?
Nargiza Umarova: — Hindiston köproq “yumşoq kuç” işlatuvçi davlat hisoblanadi. U öz diplomatiyasini ohista olib boradi. Masalan, oxirgi 5-6 yil davomida tizimli ravişda Markaziy Osiyodagi ta’sirini oşirişga harakat qildi, bunday harakatlar 90-yillarda ham bölgan edi. Hindistonda 2019 yildan beri Markaziy Osiyo bilan boğlaniş dasturi bor, şu dastur asosida mintaqamiz davlatlari bilan muloqot olib borgan. Umuman, Hindiston Markaziy Osiyodagi iştirokida heç qanday harbiy tahdid qilmaydi, faqat iqtisodiy hamkorlikni közlaydi.
Hindiston iqtisodiyotining yana bir muhim lokomativlaridan biri kino sohasi hisoblanadi. Bu böyiça jiddiy tahlillar bor, rostdan ham katta uluşi bor kinoning. Kino esa “yumşoq kuç” vositasi hisoblanadi. Xitoy bilan soliştirganda, Hindiston “yumşoq kuç” an’anaviy vositalaridan köproq foydalanadi, ya’ni til, madaniyat, etnik yaqinlik kabilar. Xitoy esa “yumşoq kuç”ga boşqaça ta’rif beradi va iqtisodiy loyihalarni ham “yumşoq kuç” vositasi sifatida qabul qiladi.
Zilola Ahmedova: — “Yumşoq kuç” biror millatning asrlar davomida şakllangan obrazi degani. Bugungi axborot inqilobi davrida inson ongini zabt etiş orqali mamlakat milliy manfaatlarini eksport qilişadi va bunga alohida e’tibor berişadi.
“Yumşoq kuç”ning 3 asosiy manbasi bor: madaniyat, siyosiy qadriyatlar, taşqi siyosat. Hindiston bu uçalasi böyiça ham poydevorga ega. Hindiston bir millat içida turli madaniyatlarni mujassamlaştirgan davlatdir, bu esa xalqaro hamjamiyat uçun jozibali.
Keyingi omil Bollivud, buni inkor qilib bölmaydi. Filmlar insonga ta’sir qiluvçi kuçli vosita. Masalan, kiçik yoşli bola ham AQŞni kuçli davlat deb biladi, çunki kinolar orqali şuni körgan. Xuddi şu kabi hind filmlari orqali Hindiston madaniyati kirib boradi.
Bundan taşqari, yana bir muhim omil uning diasporasi. Hindistonning 30 mlndan ortiq diasporasi mavjud. Britaniya boş vaziri, AQŞ vitse-prezidenti, boşqa katta biznesmenlar va olimlar ham bunga misol böla oladi.
Hindiston yogasi, meditatsiyasi kabilar jahon hamjamiyati tomonidan katta qiziqiş bilan qabul qilinadi doim.
Keyingisi esa demokratiya. Hindiston dunyodagi eng yirik demokratik davlatlardan biri hisoblanadi. Birgina konstitutsiyasida 27 til bor.
Injyenering, ta’lim, IT sohalaridagi yutuqlari ham köplab yoşlarni, investorlarni Hindistonga jalb qiladi. Iqtisodiy ösiş investitsiya kirişi va özi investor davlatga aylanişiga imkon yaratadi. Hindiston bugun import qiluvçi davlat sifatida 6-örinda, eksport qilişda 9-örinda turadi.
Taşqi siyosatda kam ziddiyatlarga boruvçi, asosan hamkor davlat sifatida körsata olgan. Ba’zi davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar örnatilganda fuqarolarda bu davlat yerimizni olib qöyadi, yaxşi niyatda emas, degan qörquv paydo böladi. Ammo Hindistonga nisbatan bunday qaraş bölmaydi, döst mamlakat sifatida imijini şakllantirgan.
— Global janub konsepsiyasida Hindiston yetakçi böla oladimi? Bunga qanday omillar tösiq bölişi mumkin? Hindistonning katta kuç markazlari bilan munosabatlari qanday şakllangan?
Nargiza Umarova: — Global janubda kim lider böladi, liderlar soni neçta böladi, degan masala oçiq turibdi. Har holda, Hindiston harakat qilyapti bunga. Hali global janub konsepsiyasida qanday mazmun kiritilayotgani ham söroq asosida. Bu tuşunça atrofida Xitoy, Rossiya kabi davlatlar AQŞ va Ğarbga opponent sifatida birlaşyapti. Xitoy ham bu konsepsiyada özini lider sifatida körsatişga urinyapti, Rossiya ham.
2023 yilda Hindiston global janub liderlaridan biri sifatida özini körsata oldi. 25 yanvarda global janub ovozi sammitiga boşçilik qiladi. Keyingi şu formatdagi sammit noyabrda böldi. G20 davlatlari sammiti Nyu-Dehlida böldi, bu ham qöşimça bonus böldi.
Global janub konsepsiyasini Xitoy ham, Hindiston ham ilgari suryapti. Ular dunyo tartibotini özgartirişni ilgari suryapti, pozitsiyalari öxşaş. Ammo bu ikki davlat bir-biriga strategik raqib hisoblanadi. Global Janub konsepsiyasida ikki davlat hali u qadar qudratli bölmagan davlatlarni öz atrofiga tortyapti. Xitoy “Bir makon — bir yöl” loyihasi bilan tortyapti, Hindiston esa turli sammitlar orqali tortişga urinyapti.
Ötgan yili Hindiston G20 davlatlari sammitida Afrika davlatlari ittifoqini G20'talikka kiritişga erişdi. Bu Hindistonning juda ham katta siyosiy ğalabasi sifatida qabul qilindi. Hindiston özini yangi dunyo tartibotida yangi kuç sifatida taqdim etişga urinmoqda.
Hindiston diplomatiyasiga qoyil qoliş kerak. Yuqorida aytilgandek, özini döst davlat sifatida taqdim etoladi. AQŞ bilan ham, Rossiya bilan ham yaqin aloqalarda balansni töğri uşlay oladi. Hindiston özini eng yirik demokratik davlat sifatida taqdim etadi, ammo bu bahsli çunki, töla mos kelmaydi bunga. Ammo bu ham demokratiya bayroqdorlari hisoblangan Ğarb davlatlari uçun jozibali element hisoblanadi.
Ukraina uruşi fonida Rossiya bilan aloqalar qanday böladi, faol hamkorlik qilsa, sanksiyalarga tuşib qolmaydimi, degan savol qöyilgan edi. Lekin bunday bölmadi, balki Rossiya bilan hamkorlik kuçaydi ham, birgina neft eksporti 11 barobar oşgan. Ğarb bilan yaqin bölgani uçun sanksiyalardan qutula oldi, Hindistonga osonlikça sanksiyalar joriy etilmaydi. Janubiy Osiyodagi Hindistondek yirik hamkorni yöqotişni istamaydi Ğarb davlatlari ham. Kuçlar balansi nuqtai nazaridan ham Hindiston muhim öyinçi hisoblanadi.
Zilola Ahmedova: — Global janub konsepsiyasida Hindiston lider bölmaydi deb öylayman. Bu doirada Hindiston faolligi oşdi. Ammo uning özida hali içki muammolar yetarli. Qaşşoqlik, infratuzilma yaxşi rivojlanmagani kabilar. Global Janub AQŞ boşçiligidagi Ğarb loyihalariga opponent deb bilamiz. Hindiston bu konsepsiyada yetakçi bölolmaydi deb bilaman, çunki qator muammolari bor.
Nargiza Umarova: — Dunyo tartiboti özgarayotgani ma’lum. Hatto tahlilçilar kelajakda 5 ta kuç markazi böladi, degan tuşunçani ham ilgari suryapti, bular: AQŞ, Rossiya, Xitoy, Xindiston va Turkiya. Töğri, hozirgi beqaror vaziyatda prognozlar beriş muşkul, ammo Hindistonning potensiali yuqori. Keyingi 30-40 yil içida Hindiston asosiy muammolarini yeçadi, 2070-yillarga borib esa AQŞ bilan iqtisodiy balanslaşadi, degan qaraşlar ham bor. Şuning uçun ham lider bölişi mumkin deb öylayman.
Zilola Ahmedova: — Xitoy bilan strategik raqiblik nuqtai nazaridan Hindiston köproq AQŞga yaqinlaşyapti. Harbiy va iqtisodiy tomondan hamkorlik ham kengayib bormoqda, şu sababli Ğarbga opponent bölgan Global Janubda Hindiston lider böladi deb öylamayman.
— Xalqaro Şimol-Janub transport koridori Hindiston uçun qançalik dolzarb? Bu koridorni Xitoyning "Bir makon – bir yöl" loyihasiga qarama-qarşi loyiha deb hisoblaş mumkinmi?
Nargiza Umarova: — Şimol-Janub koridorida 3 ta taşabbuskor davlat bor: Rossiya, Hindiston va Eron. Bu yerda Eron tranzitçi, asosiy davlatlar esa Rossiya va Hindiston. Bu koridor 2000-yillarda ilgari surilgan edi. “Bir makon – bir yöl” esa 2013 yildan keyin çiqdi, lekin investitsiya kiritilgani, tizimli bölgani va tarğiboti yaxşi bölgani uçun tezda yoyildi. Hindiston Xitoyçalik iqtisodiy qudratga ega emas, şuning uçun u xalqaro loyihalarga manzilli yondaşadi. Şimol-Janub koridori öşa 2000-yillarda Mumbay portlaridan Eron orqali Rossiyaning Astraxan şahrigaça borişi közlangan edi, bugungi kunga kelib kengaydi bu, Çobahor porti qöşildi, tranzitçi sifatida Turkmaniston qöşildi, Özbekiston, Qirğiziston orqali ötuvçi yöllar ham nazarda tutilyapti endi.
Hindiston öz manfaati bölgan taqdirda ham Xitoy iştirokidagi transport koridorlarida qatnaşmaydi va muqobil koridorlar yaratişga urinadi. Masalan, Pokiston va Xitoy örtasidagi katta transport koridoriga javoban Markaziy Osiyo bilan boğlaniş uçun Çobahor portini rivojlantirib, Afğoniston tranzitidan foydalanişga harakat qildi. TransAfğon temiryölining körinmas taşabbuskorlaridan biri Hindiston hisoblanadi. “Tolibon” kelgaç, Turkmaniston tranzitiga yuzlandi.
Hindiston vazifasi raqobatçi loyiha yaratiş emas, balki özi uçun transport boğliqlikni yaratişi kerak. Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarda asosiy tösiq töğridan töğri koridor yöqligi bölmoqda.
Zilola Ahmedova: — Şimol-Janub koridori Hindiston uçun Markaziy Osiyo va Yevrosiyo bozorlarini oçadi. Şu bilan birgalikda dengiz yöllariga qaramlikni yöqotadi. “Bir makon — bir yöl”ga alternativ sifatida 2023 yilda taqdim etilgan Hindiston-Markaziy Osiyo-Yevropa koridori deb bilaman. Bu koridor Şimol-Janub koridoridan xam köra köproq alternativ böloladi.
— Hindiston – Markaziy Osiyo munosabatlarining negizi qanday manfaatlarga asoslanadi?
Nargiza Umarova: — 4 ta asosiy sohani ajratib körsatgan bölardim, bular: savdo-iqtisodiy munosabatlar, infrastrukturaviy loyihalar, xalqaro transport koridorlari va xavfsizlik.
2011 yildagi Aşxobod kelişuvi bor. Unga köra, Markaziy Osiyodan Yaqin Şarqqa olib boradigan transport koridoriga tamal toşi qöyilgan 5 ta davlat iştirokida (Özbekiston, Turkmaniston, Eron, Qatar, Ummon). Bu transport koridori 2016 yilda işga tuşadi, ammo bungaça taşabbuskor davlatlar tarkibi özgaradi. 2013 yilda Qatar loyihadan çiqib ketadi, şu yili Qozoğiston kiradi, 2015 yilda Pokiston, 2018 yilda esa Hindiston kiradi.
Çobahor portiga çiqiş bir neça transport vositalari orqali çiqişi mumkin. Özbekiston uçun eng qulay yöl Turkmaniston orqali yuriş. Çobahor portini rivojlantiriş uçun Eron içida temiryöllar yetişmasligi muammosi bor edi. 2020 yildan boşlab Hindiston kömagi bilan Çobahor – Zahedon temiryöli qurilyapti, şu yili bitişi közda tutilgan. Bu orqali bu portga çiqiş bizga ham qulay böladi.
2022 yilda Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari davlat rahbarlari örtasida onlayn tarzda Markaziy Osiyo – Hindiston sammiti böladi. Undan oldin taşqi işlar vazirlari örtasida bunday uçraşuv bölardi. Qöşma bayonotda xavfsizlik masalasiga katta e’tibor berilgan. Mudofaa vazirlari, xavfsizlik idoralari doirasida ham muloqotlarni yölga qöyiş va hamkorlikni çuqurlaştiriş vazifalari qöyilmoqda.
Hindiston 90 yillardan boşlab Markaziy Osiyoda öz harbiy bazalariga ega. Tojikistonda harbiy hospital deb ataladigan baza bor, bu obekt töla harbiy baza bölmasa ham, fuqarolar uruşi paytida, Afğoniston masalasida katta yordam bergani aytiladi. Hozir bu obekt haqida aniq ma’lumot yöq. Tojikistonning Ayniy tumanida Hindiston tomonidan harbiy aerodrom ham qurilgan edi, keyinçalik Hindiston tasarrufidan çiqqan. Şulardan köriş mumkinki, Hindiston uçun Markaziy Osiyodagi tinçlik va xavfsizlik muhim hisoblanadi.
Zilola Ahmedova: — Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqalari rivojlanib kelayotgan mintaqa, ikki mintaqa aholisi qariyb 2 mlrdni taşkil etadi, Janubiy Osiyo katta bozor ham hisoblanadi. Hindiston energiya borasidagi ehtiyojlari nuqtai nazaridan ham Markaziy Osiyo bilan hamkorlikka intiladi. Markaziy Osiyo resurslari va rivojlanayotgan mamlakatlar texnologiyalari qöşilmasi, köplab yangi imkoniyatlar yaratadi.
Nargiza Umarova: — Hindiston energiya resurslarini 60-80 foizgaça import qiladi. Şuning uçun ham Hindiston bu resurslarni yaqin mintaqalardan olişga harakat qiladi. Markaziy Osiyo esa energiyaga boy hisoblanadi. Bundan taşqari, Markaziy Osiyodagi rangli va kamyob metallar ham qiziqtiradi Hindistonni, çunki sanoati rivojlanyapti. Hindiston global fabrika maqomida Xitoydan öziga olayotgan davlatlardan biri. Xitoy va AQŞning savdo-iqtisodiy uruşi boşlangaç, Hindistonga juda köp kompaniyalar kirib keldi, çunki arzon işçi kuçi, jozidor bozor, soliq imtiyozlari mavjud. Bu böyiça Hindistonda alohida Make in India dasturi ham işlab çiqildi.
Bu global fabrikada nafaqat an’anaviy mahsulotlar, balki yuqori texnologiyali mahsulotlari ham işlab çiqilmoqda, ya’ni telefonlar, kompyuterlar kabi. Apple kompaniyasi yaqin kelajakda mahsulotlarining çorak qismini Hindistonda işlab çiqarişni rejalaştiryapti. Şu kabi boşqa brend kompaniyalar qiziqyapti. Şunday vaziyatga Hindistonga xomaşyo kerak, şu sababli ham Markaziy Osiyoga intilmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi