Men u paytda hali yoş, jonkuyar, qonunga işongan, adolatga şaksiz işongan tergovçi edim. Ilk işlarim maydaroq jinoyatlar, bezoriliklar va hokazolar bilan boğliq bölgan.

Ilk yirik işim — ögay otaning qiziga nisbatan qilgan jinsiy zöravonligi holati bölgandi. Befarzandlik sabab ajraşgan erkak ayolni qizi bilan qabul qiladi va undan keyin turmuşlari davomida yana 2 farzand körişadi. Qiz ösmir yoşga yetganda ögay ota tomonidan jinsiy zöravonlikka uçraydi. Erkak buni tan oldi, mast holatda bölganini aytdi. Ona gapirişgayam holi yöq – faqat yiğladi, 2 bolasi yetim bölişini istamasligini, lekin erini keçirmasligini gapirdi.

Bolaning közlaridagi qörquvni hozirgaça unuta olmayman. Tekşiruvda hamma narsa oydin edi. Dalillar, şifokor xulosasi, bolaning sözlari – hammasi aniq. Ota aybdor.

Biroq işni yopdim.

Ha, özim qölim bilan. Sababi: u kelib, oğzimga siqqança pul taklif qildi. “Oilam parokanda böladi, nima degan odam bölaman, el orasida nomim çiqadi, qizning şa’ni bulğanadi, kelajagi barbod böladi. Meni jazolaşingiz mumkin, lekin aybimni şunday ham bilib turibman. Ikki bolamni otasiz qilmang, iltimos”, dedi. Pul men öylaganimdan ham köproq edi, şuni körib aqlimni yöqotdim. Kamiga esa özimni “Işni yopsam, balkim qizçaning hayoti yaxşi bölib ketar”, deb özimni ovutdim.

Iş yopildi. Ota jazosiz qoldi.

Qiz esa onasi bilan jim ketdi. Ularga jim yurişni men örgatdim. Bilişimça, ayol qizining buvisi bilan yaşaşini istadi, özi esa turmuşini davom ettirdi.

Yillar ötdi, men bu voqeani esimdan ham çiqarib yubordim. Işimda köp ösişlar böldi, hayot öz özanida davom etaverdi.

Orada qöşni tumanga uzatilgan kenja singlim eri bilan kelişolmay turmuşdan ajraldi. 2 yaşar qizçasi bilan uyimizga qaytdi. Uç yilça ötib tanişlar orqali bir erkakka turmuşga çiqdi. Jiyanim ham uni “dada” deya boşladi. Biz ham xotirjam edik, baxtidan tindi deb. Avvaliga hammasi yaxşi edi, singlimning qizi maktabga çiqdi, yana bir qiz kördi, rözğoridan umuman nolimasdi. Lekin bir kuni jiyanim singlimga “uxlayotganimda dadam xonamga kiradi...” degan gapni aytibdi. Rangi oqarib ketgan singlim bir ahvolda edi bularni menga aytayotganda.

Bu xabar meni esdan oğdiray dedi, ğazabimdan qaltirardim. Tergovçi insayti bilan darrov tuşundim — bola aldamayapti. Ammo bu gal u mening öz jigarim, singlimning farzandi. Va men... 10 yil avval “yopgan” işimning ayni tasviri oldimda turibdi – endi bu oğriqni his qiliş mening navbatim edi.