Husanovning öyinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
|23:17 / 04.05.202545 2829 min
Abduqodir Husanov bir oydan beri «Mançester Siti» safida maydonga tuşgani yöq. U oxirgi marta 30 mart kuni, Angliya kubogi çorafinalida «Bornmut»ga qarşi öyinning tanaffusida zaxiraga olingandi va şundan keyin jamoaning barça turnirlar doirasidagi olti öyinida biror daqiqa ham öynamadi.
Ötgan vaqt davomida bu mavzu özbekistonlik futbol muxlislari diqqat markazida bölib turdi, öyinsiz seriyaning sabablari haqida turliça taxminlar bildirildi, aqlga siğmas darajadagi versiyalar ham böldi. Quyida Abduqodir jamoasining asosiy tarkibidan tuşib qolişi atrofida qanday gaplar bölib ötganini eslaymiz.
Özbekistonga safar
Yomon tasodif şundaki, Husanov zaxiraga olinişi Özbekistonga kelib ketişi ortidan röy berdi – tabiiy ravişda muxlislar örtasida, futbol jamoatçiligida bu ikki voqeani özaro boğlaş avj oldi.
Lekin Husanovning Toşkentga taşrifi çoğidagi turli rolik va tadbirlarda köringani uçun murabbiy tomonidan jazolanmoqda yoki sport formasini yöqotib qöygan, degan farazlar vaqt ötib asosini yöqotdi, deyiş mumkin. Çunki maydonga tuşmayotgan bölsa-da, Husanov «Lester»ga qarşi öyinni hisobga olmaganda keyingi barça uçraşuvlarda qaydnomaga kiritilmoqda. Biror tarbiyaviy qaror yoki sport formasi tuşib ketgani sabab bölganida, Gvardiola uni biratöla asosiy jamoadan vaqtinça çetlatgan bölardi. Zero murabbiyning özi tarkib kattaligi va ba’zi futbolçilar röyxatdan tuşib qolayotgani haqida alohida gapirdi ham. Ya’ni, ayni damda «Siti» tarkibida nafaqat asosiy tarkibda, balki qaydnomada ham Abduqodirning örnini egallaşi mumkin bölgan futbolçilar yetarli.
Jarohat
Futbolçida jarohat borligi haqidagi ma’lumot Özbekiston milliy jamoasi ustozi Timur Kapadze tilidan yangragandi. U Husanovning özi bilan gaplaşgani, jahon çempionati saralaş öyinlari uçun uzoq safarlardan keyin tiklaniş talab etilgani, şu tufayli «Bornmut»ga qarşi öyinning birinçi bölimida boşqa jamoadoşlari kabi uning ham öyini çiqmagani, sariq kartoçka olgani uçun Gvardiola uni almaştirgani, qolaversa, öyindagi töqnaşuv çoğida oyoğidan kiçik jarohat olganini aytib bergandi.
Ammo keyinroq bu aslida jiddiy sabab emasligi ma’lum böldi. Unda yengil lat yeyiş kuzatilgan bölişi mumkin, lekin bu tarkibdan tuşib qolişga sabab böladigan darajadagi jarohat emasdi. Har holda, klub ham undagi jarohat haqida xabar bermagan, futbolçi esa muntazam ravişda maşğulotlarda qatnaşişda davom etib kelmoqda.
Mavzuga oid
Şampun voqeasi
Aprel örtalarida, Husanov qatorasiga tört öyinni ötkazib yuborganidan keyin X ijtimoiy tarmoğida 73 ming atrofida kuzatuvçiga ega bölgan akkaunt tomonidan juda işonarsiz va kulgili ma’lumot tarqatildi. Unda göyoki Husanov Pep Gvardiola bilan suhbat çoğida uni «çempion» demoqçi bölib, «şampun»ga yaqinroq talaffuz qilgani-yu, bu murabbiyning jahlini çiqarib, endi uni transferga qöymoqçi bölayotgani aytilgandi.
Ajablanarlisi, absurd ekani körinib turgan bu versiya köplab naşrlar tomonidan xabar qilib tarqatildi.
Öşa akkaunt esa keyinroq bu post hazil bölganini, futbolçi bilan nima bölgan bölişi mumkinligi haqida hazil aralaş «taxmin qilingani»ni yozib çiqdi.
Şu bilan birga, şu örinda Husanov ingliz tilini imkon qadar yaxşilaşi – Pep bilan munosabatlarini yaxşilaşi uçun muhim ekanini ta’kidlaş kerak.
Taktik özgariş
Endi masalaning asosiy qismiga yetib keldik.
Futbolda himoyaçilar tanaffusda yoki tanaffusdan keyin almaştirilişi kam uçraydigan holat. Abduqodir Husanov esa «Siti» öyinlarida ikki marta birinçi bölimdan keyin almaştirib yuborildi.
«Çelsi»ga qarşi debyut öyindagi almaştiriş bilan «Bornmut»ga qarşi kubok öyinidagi almaştirişning farqi bor. Birinçi holatda murabbiy uning tajovuzkor öyinini hisobga olgan holda qizil kartoçkadan suğurtalanişni istagan, şu bilan birga yoş futbolçiga ikkinçi bölim boşida yana biroz vaqt berib, uning debyuti uzil-kesil barbod bölişiga yöl qöymagandi.
Ikkinçi holatda esa muvaffaqiyatsiz birinçi bölimdan keyin Gvardiola öyinni qutqariş çoralarini körişga kirişdi. U çap qanot himoyasida öynab kelayotgan Gvardiol aslida markaziy himoyaçi bölganini eslab qoldi va uni markaziy himoyaning çap tomoniga ötkazdi, Diaş markaziy himoyaning öng qismiga surilib, Husanovning joyini egalladi.
Çap qanotda Gvardiol örniga Niko ÖRayli tuşirildi. Bu özgariş darhol özini oqladi va yoş futbolçining harakatlari öyinda buriliş yasadi, uning çap qanotdan hujumga faol qöşilişi orqali «Bornmut» darvozasiga ğalaba gollari urildi.
Natijada murabbiy muvaffaqiyatli çiqqan sxemani özgartirmaslikka qaror qildi va bu keyingi öyinlarda ham özini oqladi – 6 öyinda 5 ğalaba va bir durang qayd etildi, şundan tört öyinda darvoza daxlsizligi saqlab qolindi.
Bu orada futbolçining atrofidagilar ham ÖFA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyevga bergan izohida Gvardiola bilan heç qanday şaxsiy va professional darajada ziddiyat yöqligi, murabbiy maşğulotlarda doimiy tarzda unga e’tibor qaratişi, pozitsiyasi böyiça taktik körsatmalar berişi, jismoniy jihatdan ham Husanovda muammo, pasayiş yöqligi, öyinlarda tuşmayotganiga sabab – soğlom raqobat ekanini tasdiqlaşdi.
Ijara
Ötgan oy davomida futbolçini goh Italiyaga, goh Ispaniyaga yuborişdi. Xususan, nomini birinçi marta eşitib turgan manbalarimizda uni «Yuventus» yoki «Barselona» ijaraga olişi mumkinligi aytildi.
Lekin bularning barçasi şunçaki miş-miş. Birinçidan, asosiy tarkibda öynamay qolgan har qanday futbolçi haqida bunday gaplar tarqalişi tabiiy holat. Ikkinçidan, «Siti»ning öziga himoyaçi kerak. Asosiy tarkibda öynamayotgan bölsa-da, maşğulot jarayonida jamoadagi soğlom raqobatni saqlab turişda ham har bir futbolçining örni bor. Qolaversa, katta mablağ sarflab sotib olingan futbolçini yarim mavsumdan keyin biror klubga ijaraga berib yuboriş klub nufuzga ham töğri kelmaydi.
Va nihoyat, futbolçining agenti ham bunday miş-mişlarni qat’iyan rad etib çiqdi.
Endi qaçon öynaydi?
Jamoa YeÇL yöllanmasi uçun kuraşayotgan, birorta oçko yöqotişga haqqi yöq bölgan davrda yoş futbolçi tajribali hamda yaxşi formadagi Gvardiol va Diaşdan keyingi variant bölişi tuşunarli hol. Şunday ekan, nafaqat ertaga – APLning navbatdagi turi doirasida «Vulverhempton»ga qarşi öyinda, balki mavsum yakuniga qadar qolgan barça öyinlarda ham Husanov zaxirada qoldiriladi.
Katta ehtimol bilan, yozda bölib ötadigan klublar örtasidagi jahon çempionati paytida Diaşga köproq dam berilişi va Husanovda öynaş imkoniyati bölişi mumkin. Şuningdek, keyingi mavsumda, har haftada ikki öyin rejimi boşlanganida ham murabbiyda rotatsiya qiliş zarurati böladi va raqiblar uslubidan kelib çiqqan holda Husanovga işoniş mumkin böladi.
Albatta, buning uçun futbolçi mavsumoldi yiğinlarida öz ustida köproq işlaşi va murabbiylarning işonçini qozonişi talab etiladi.
Xulosa örnida
Yana yanvar oyi oxiriga qaytamiz. Öşanda köpçilik Husanov darhol va butunlayga «Siti»ning asosiy tarkib futbolçisiga aylanişiga işonarmidi? Yöq. U jamoaga şunday pallada kelib qoldiki, kadrlar yetişmovçiligidan aziyat çekayotgangan murabbiy uni heç qanday moslaşuv jarayonisiz, yetarliça tayyorgarliksiz «Çelsi»ga qarşi öyinga taşlaşga majbur bölgandi. Jarohatlar tufayli unda öynatiş uçun boşqa futbolçining özi qolmagandi.
Aslida u «Siti»dek katta klub tarkibida maydonga tuşişining özi aql bovar qilmas hodisa edi. Angliyada bu yillar davomida, turli yoş toifasidagi jamoalarda, turli ligalarda, turli bosqiçlardan ötib öynab keladigan minglab yoşlardan faqat sanoqlilariga uşaladigan orzusi hisoblanadi.
U esa bordi, kördi va kerakli vaqtda yordam berdi. Keyinroq jamoada vaziyat barqarorlaşdi, asosiy tarkib futbolçilari qayta boşladi va mantiqiy voqea röy berdi.
Endi esa navbatdagi imkonni kutadi. Çunki klub uni bugun emas, kelajak uçun sotib olgandi.