Samsung 2010 yildan beri birinchi marta eng yirik telefon yetkazib beruvchisi maqomidan ayrildi
Apple birinchi o‘ringa chiqib oldi.
2023 yil oxirida Apple kompaniyasi Samsung kompaniyasini ortda qoldirib, eng yirik telefon yetkazib beruvchiga aylandi. Bu IDC tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlaridan kelib chiqadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yili Apple 234,5 million dona, Samsung esa 226,6 million dona qurilma yetkazib bergan. Birinchi beshlikka Xitoyning uchta kompaniyasi ham kirgan - Xiaomi (145,9 million), Oppo (103,1) va Transsion (94,9 million).
IDC ta’kidlashicha, Samsung oxirgi marta yillik reytingda 13 yil avval — 2010 yilda yetakchi bo‘lmagan. Shu vaqtda 453 million dona telefon yetkazgan Nokia peshqadam bo‘lgan, Samsung esa 280,2 million dona qurilma yetkazib bergan edi.
2022 yilda Samsung 262,2 million smartfon bilan reytingni boshqargan bo‘lsa, Apple ko‘rsatkichi 226,3 millionni tashkil qildi.
IDC Worldwide Tracker tadqiqot direktori Nabila Popalning ta’kidlashicha, kuchli uchlik orasida Apple «har yili ijobiy o‘sishni ko‘rsatayotgan» yagona kompaniya hisoblanadi. Uning fikricha, bu bozorning 20 foizidan ortig‘ini egallagan premium qurilmalar sonining ko‘payishi tendensiyasi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
22:30 / 02.11.2024
Apple Globalstar sun’iy yo‘ldosh kompaniyasiga 1,5 mlrd dollar investitsiya kiritadi
00:17 / 31.10.2024
Apple M4 chipi o‘rnatilgan Macbook Pro’ni taqdim etdi
19:39 / 29.10.2024
Apple M4 chipli yangi iMac kompyuterini taqdim qildi
17:03 / 29.10.2024