Litvalik vazir mudofaa ehtiyojlari uchun aholidan qarz olishni taklif qildi
«Odamlar pulni paypoqda saqlamasdan, tankka sarmoya kiritgani ma’qul emasmi?», dedi u.

Foto: D. Umbraso / LRT
Litva Iqtisodiyot vazirligi mamlakat mudofaa ehtiyojlariga xarajatlarni oshirishni muhokama qiladi, dedi idora rahbari Aushrine Armonayte LRT telekanaliga bergan intervyusida. Uning aniqlik kiritishicha, mamlakat fuqarolaridan olingan qarz moliyalashtirish manbasi bo‘lishi mumkin.
«Masalan, aholidan qarz olish usullari mavjud. Men bunday obligatsiyalar g‘oyasi haqida tanqidni eshitganman, lekin odamlarda juda ko‘p pul bor. Balki uni paypoqda saqlamasdan, tankka sarmoya kiritgan ma’quldir», dedi Armonayte.
Shu bilan birga, Litva Iqtisodiyot va innovatsiyalar vaziri fuqarolar, ehtimol, ushbu kreditlar bo‘yicha yuqori foiz stavkalarini kutmasligi kerakligini ta’kidladi.
«Ammo Ukrainani ixtiyoriy ravishda qo‘llab-quvvatlayotganlar bor. O‘ylaymanki, agar kimga, qachon va qancha pul kerakligi aniq bo‘lsa, ular buni tushunadi», deb qo‘shimcha qildi Armonayte.
2023 yil dekabr oyida Litva Seymi (parlamenti) 2024 yilgi davlat budjetini yalpi ichki mahsulotning 2,75 foizini mudofaa uchun rekord miqdorda ajratgan holda tasdiqladi. O‘tgan yili mudofaa xarajatlari 2,52 foiz edi. Joriy yil uchun g‘aznachilik daromadlari deyarli 17 milliard yevro, xarajatlari 20 milliard yevro miqdorida rejalashtirilgan. Davlat budjeti taqchilligi YaIM 3 foizini tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi
O‘zbekiston | 16:22
-
Amnesty International Rossiyada «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi
Jahon | 15:30
-
Fransiyada kriptobiznesmenlarga hujumlar seriyasi kuzatilmoqda
Jahon | 15:28
-
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
Jahon | 15:21
Mavzuga oid

15:00
YeI davlatlari yangi mudofaa jamg‘armasi bo‘yicha kelishib oldi

14:34
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi

19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi

18:33 / 19.05.2025