Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri xalqaro forumda ishtirok etdi
Ibrohim Abdurahmonov ochiq plenar sessiyada nutq so‘zladi.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Germaniyaning Berlin shahrida Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi forumi boshlandi.
Uning doirasida ochiq plenar sessiya bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Germaniya federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vaziri Jyem O‘zdemir ko‘rgazmaga kelgan barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi hamda bu kabi ko‘rgazmalar qishloq xo‘jaligida dunyo davlatlari hamkorligini mustahkamlashda eng muhim qadam ekanini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov so‘zga chiqib, bu kabi forumlar qishloq xo‘jaligida muhim poydevor vazifasini bajarishini hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish uchun maydon vazifasini o‘tab berishini aytdi. Bundan tashqari Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligida fermerlarning rolini oshirish va ilm-fanni o‘rganish ko‘plab muammolarga yechim bo‘la olishini alohida ta’kidladi.

Sessiya yakunida forum kommyunikesi qabul qilindi.
Mavzuga oid
19:38 / 02.04.2026
To‘rtta viloyatda zararkunanda chigirtkalar tuxumdan chiqa boshladi
19:30 / 15.03.2026
O‘zbekistonga Xitoydan 100 ta agrodron olib kelindi
15:41 / 23.02.2026
Yer unumdorligiga qarab yer solig‘i hisoblanishi tartibi o‘zgaradi
14:15 / 10.12.2025