Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada aholi Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirildi
Mamlakat bosh harbiy shtabi rahbari Rossiyaga qarshi turish uchun harbiy salohiyatni oshirishga chaqirdi.
Norvegiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Eyrik Kristoffersen Osloda Rossiyaning ehtimoliy tajovuzkorligiga qarshi turish uchun harbiy salohiyatni oshirishga muxlat ozligini aytdi.
Kristoffersenning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlarida «bir, ikki, balki uch yil davom etishi mumkin bo‘lgan» imkoniyatlar oynasi bor, bu davrda mudofaa xarajatlarini oshirish kerak.
«Ammo bizda vaqt tugayapti. Men faqat shuni ta’kidlamoqchiman. Biz uch yildan keyin Rossiya bilan nima bo‘lishini bilmaymiz. Biz noaniq va oldindan aytib bo‘lmaydigan dunyoni kuchli milliy mudofaa bilan kutib olishimiz kerak», dedi u.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya o‘zining harbiy salohiyatini «kutilganidan ham tezroq» kuchaytirmoqda.
Avvalroq, Shvetsiya fuqarolik mudofaasi vaziri Karl-Oskar Bulin mamlakatda ehtimoliy urush haqida gapirdi va vatandoshlarini jangovar harakatlarga tayyor turishga chaqirdi. Shuningdek, u fuqarolik mudofaasini qayta qurollantirish yetarlicha tez davom etmayotganidan xavotir bildirdi.
Shuningdek, Niderlandiya Qirolligi armiyasi bosh qo‘mondoni general Martin Viynen ham yurtdoshlarini Rossiya bilan jang qilishga tayyor bo‘lishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026