Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
76 ta qoidabuzarligi bor haydovchi qariyb 31 mln jarima to‘ladi
Namanganlik haydovchi asosan tezlikni oshirish hamda yo‘l chiziqlarini bosish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni sodir qilgan.
MIBning Namangan shahar bo‘limi tomonidan ko‘p miqdorda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchidan jarimalar undirilgan. MIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga taqdim qilgan ma’lumotga ko‘ra, haydovchi 76 ta qoidabuzarlik qilib, jarimalarni vaqtida to‘lamay kelgan.
MIB ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan tadbirda qoidabuzar haydovchining mashinasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi o‘zi boshqaruvidagi mashinada asosan tezlikni belgilangan me’yordan oshirish hamda yo‘l chiziqlarini bosib harakatlanish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni sodir qilib kelgan.
Qo‘llangan jarimalarni esa 60 kun ichida to‘lanmagach, hujjatlar MIB Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan haydovchi qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida haydovchi 30,8 mln so‘m jarimani to‘lab, qarzdorlikni to‘liq bartaraf qilgan.
Oldinroq 50 marta kamera va radarlarga tushgan qoidabuzar jarima bayonnomalaridan kolleksiya yig‘ayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026