Luvrda radikal ekofaollar «Mona Liza»ga sho‘rva sepishdi
Katta ehtimol bilan san’at asariga zarar yetmagan. U bunga qadar ham bir necha marta «suiqasd»ni boshdan kechirgandi.

Foto: Videodan kadr
Parijda namoyishchilar «Mona Liza» kartinasiga sho‘rva sepib yuborishdi. Usti o‘q o‘tkazmaydigan shisha bilan qoplangani tufayli kartinaga zarar yetgani dargumon.
Kuzatuv kamerasida olingan videoda ikki namoyishchi «sog‘lom oziq-ovqat huquqi» talab qilayotganini ko‘rish mumkin.
«Nima muhimroq? San’atmi yoki sog‘lom va ekologik toza ovqatlanish huquqimi? Bizning qishloq xo‘jaligi tizimimiz kasal!» — deya baqirishgan ular.
So‘nggi kunlarda Fransiya poytaxtida fermerlarning norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Juma kuni namoyishchilar Parijga olib boruvchi asosiy yo‘llarni to‘sib qo‘yishgan.
Namoyishchilar yonilg‘i narxi oshishi, Ukrainadan g‘alla importi, shuningdek qishloq xo‘jaligidagi byurokratik tartiblarning qiyinchiliklaridan norozi bo‘lishmoqda.
«Mona Liza» muntazam ravishda vandalizm harakatlariga duchor bo‘ladi. Hozirgisi — 1956 yildan buyon oltinchisi
Leonardo da Vinchining XVI asrda mo‘yqalamda chizgan ushbu noyob portreti — dunyodagi eng mashhur san’at asarlaridan biridir. Kartina Parijdagi Luvr muzeyida saqlanadi.
Jokonda 1956 yilda Fransiya janubidagi Montoban shahri muzeyida o‘tkazilgan ko‘rgazma vaqtida ilk bor suiqasdga uchragandi. Tashrif buyurganlardan biri kartinaga sulfat kislota sepib, polotnaning quyi qismini shikastlagandi.
O‘sha yili (bu yil Mona Liza uchun ancha omadsiz yil bo‘lgandi) boliviyalik Ugo Ungaza Villegas unga tosh otgandi, o‘shanda Jokondaning chap tirsak qismida sezilmas iz hosil bo‘lgandi. Ayrim manbalarga ko‘ra, Villegas Mona Lizani ona sifatida sevib qolgani, ammo birdan u o‘zining ustidan kulayotganini sezib qolgach, bunga chiday olmaganini aytib bergan.
Shundan keyin kartinani o‘q o‘tkazmaydigan shisha bilan himoyalashga qaror qilishadi.
1974 yilda esa yaponiyalik sayyoh kartina tomon bo‘yoq to‘ldirilgan shishani uloqtiradi, u nima maqsadda bunday qilgani noma’lum — ammo kartinani shikastlanishdan aynan himoya shishasi saqlab qolgandi. Bu voqeadan keyin «Mona Liza»ning himoyasi yanada kuchaytirilib, u o‘q o‘tkazmaydigan shishalardan maxsus tayyorlangan qutiga joylashtirilgan.
Ammo bu choralar ham Jokondadan nafratlanuvchilar unga «suiqasd» qilish holatlariga barham bermaydi. Xususan, 2009 yil avgustida rossiyalik sayyoh «Mona Liza» tomon krujka otadi, ammo himoyalovchi ekran yana ish beradi, sayyoh esa politsiya uchastkasiga olib ketiladi.
2019 yilda muzey rahbariyati kartinani yanada mustahkam o‘q o‘tkazmaydigan shisha ichiga soladi.
2022 yilda tashrifchilardan yana biri kartinaga qarata tort uloqtirib, atrofdagi odamlarni «sayyora haqida o‘ylash»ga chaqiradi.
1911 yilda Luvr xodimi Vinchenso Perudjia «Mona Liza»ni o‘g‘irlash uchun tunda shkaf ichiga bekinib olgandi. Kartinani ikki yil o‘tganidan keyin, uni Florensiyada antikvar sifatida sotmoqchi bo‘lishganida topishadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

11:26 / 03.02.2025
Luvr muzeyida “Mona Liza”ni tomosha qilish uchun alohida chipta sotiladi

00:17 / 29.01.2025
Makron Luvrga yangi kirish joyi qurishga va «Mona Liza»ni ko‘chirishga va’da berdi

21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?

23:01 / 28.11.2022