Jahon | 23:04 / 29.01.2024
14683
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni ishdan olingani aytildi, Mudofaa vazirligi buni rad qildi 

Valeriy Zalujniy iste’foga chiqarilgani haqidagi xabarlarni Ukraina Mudofaa vazirligi tasdiqlamadi. 

Foto: Reuters

Bir qancha manbalar Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy iste’foga chiqqani haqida xabar berdi. Ukraina Mudofaa vazirligi buni tasdiqlamadi. 

«Interfaks Ukraina» mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyatiga yaqin manbaga tayanib yozganidek, Zalujniyning iste’fosi bo‘yicha kelishuv uning prezident bilan uchrashuvida erishilgan. 

Xalq deputati Aleksey Goncharenko so‘zlariga ko‘ra, Zalujniyga iste’foga chiqishi haqida aytilgan, ammo hozircha hech qanday farmon yo‘q. Goncharenkoning ta’kidlashicha, bosh qo‘mondonga Yevropa davlatlaridan birida elchi lavozimini taklif qilishgan, ammo u rad javobini bergan. 

Sobiq xalq deputati Borislav Bereza ham Ukraina prezidenti idorasidagi manbalariga tayanib Zalujniy ishdan olinganini ma’lum qildi. 

Jurnalist Roman Tsimbalyukning yozishicha, bosh qo‘mondon lavozimini Ukraina harbiy razvedkasining amaldagi rahbari Kirill Budanov egallaydi. 

«Tsenzor.net» nashri o‘z manbalariga tayanib, Zalujniyning iste’foga chiqishi to‘g‘risidagi farmon imzolangani, shuningdek, Budanovning yangi qo‘mondon bo‘lishi haqida xabar berdi. 

Prezident Volodimir Zelenskiy, Ukraina prezidenti idorasi va Valeriy Zalujniyning o‘zi hali iste’fo haqidagi xabarlarga rasmiy izoh bermadi. 

Ukraina Mudofaa vazirligi Zalujniy iste’fosi haqidagi xabarlarni inkor qildi. 

«Hurmatli jurnalistlar, biz hammaga shunday javob beramiz: Yo‘q, bu haqiqat emas», deyiladi bayonotda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid