Qashqadaryoda daraxt kesgan hokim yordamchisi jarimaga tortildi
U 12 million 750 ming so‘m miqdorida tovon to‘laydi.

Foto: Ekologiya vazirligi
Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, «To‘qboy» mahallasi hududida hokim yordamchisi P.R. tomonidan 20 tup na’matak va 5 tup olcha daraxti noqonuniy kesilgani aniqlandi. Bu viloyat Ekologiya boshqarmasi, Yakkabog‘ tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirida ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Daraxtlar kesilishi oqibatida tabiatga 9 mln 350 ming so‘m zarar yetkazilgan. Shuningdek, huquqbuzar 3 mln 400 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.
Qayd qilinishicha, u jami 12 million 750 ming so‘m miqdorida tovon to‘laydi.
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

19:16 / 20.06.2025