“Yangi sement zavodlari qurishni to‘xtatib qo‘yamiz” – Aziz Abduhakimov
Respublikada 47 ta sement zavodi bo‘lib, shundan 23 tasi ishlashdan to‘xtagan. Yana 25 tasining 90 foizi faoliyati ekologik talablarga javob bermayotgani aniqlangan.

O‘zbekistonda yangi sement zavodlari qurishga moratoriy e’lon qilinishi mumkin. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida ma’lum qildi.
“Hozir mana qaror qabul qilindiki, O‘zbekistonda yangi sement zavodlarini qurishga balki moratoriy e’lon qilamizmi, to‘xtatib qo‘yamiz. Bundan tashqari biz hamma sement zavodlarini o‘rganib boshladik”, – dedi Abduhakimov.
Vazirning bergan ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda ayni damda 47 ta sement zavodi mavjud. Ularning 23 tasi ekologik talablarga javob bermagani yoki boshqa sababga ko‘ra to‘xtatilgan.
“Qolgan 25 tacha korxonani o‘rganganimizda deyarli 90 foizining faoliyati ekologik talablarga javob bermayotganini aniqladik. Bu bo‘yicha har bir korxonaga tegishli ogohlantirish va o‘zimizning choralarimizni berdik”, – dedi ekologiya vaziri.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shavkat Mirziyoyev yangi sement zavodlari qurishni taklif etayotgan mutasaddilarni tanqid qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pokiston Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi
Jahon | 00:06
-
Ukraina dronlari Rossiyaga zarba berish uchun Qozog‘iston uzra uchgani ma’lum qilindi
Jahon | 23:43 / 21.06.2025
-
Tunisning sobiq prezidenti 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 23:20 / 21.06.2025
-
Rossiya budjeti 2024 yilda migrantlarning patentidan 1,5 mlrd dollar ishladi
Jahon | 22:13 / 21.06.2025
Mavzuga oid

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

17:39 / 19.05.2025
Aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi

10:51 / 15.05.2025
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi

10:24 / 15.05.2025