Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi fastfud tarmog‘i elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi
Poytaxtning 5 ta tumanida Hotdogger nomli ko‘chma savdo shoxobchalari noqonuniy ulanish orqali 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan foydalangani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahridagi 7 ta Hotdogger nomli ko‘chma savdo shoxobchasi elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, «L.S.G.» MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar poytaxtning Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida 7 ta shoxobchani umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulagan. Natijada jami 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:37 / 07.07.2026
Toshkentda onlayn qimor uchun mashina o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
10:03 / 01.05.2026